Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Fevral, 2025   |   27 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:44
Quyosh
07:02
Peshin
12:41
Asr
16:26
Shom
18:13
Xufton
19:26
Bismillah
26 Fevral, 2025, 27 Sha`bon, 1446

Onlayn: Muftiy hazratlari Toshkent shahridagi “Mevazor” jome masjidining yangi qurilgan binosiga tashrif buyurdilar

8.07.2020   1969   2 min.
Onlayn: Muftiy hazratlari Toshkent shahridagi “Mevazor” jome masjidining yangi qurilgan binosiga tashrif buyurdilar

Bugun, 8 iyul erta tongda Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan “Mevazor” jome masjidi yangi binosi bunyod etilishi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov boshchiligidagi ulamolar va mutassaddi vakillar tashrif buyurdilar.

– Bugungi zamon talablariga to‘la javob beradigan masjid barpo etildi, – deydi masjid imom-xatibi Rahimjon domla Marhumov. – Buning uchun Prezidentimiz boshchiligidagi barcha rahbarlarga, uning qurilishiga hissa qo‘shgan barcha kishilarga tashakkur bildiramiz.
Avval “Mevazor” mahalliy jome masjidi 120 kishiga mo‘ljallangan kichkina bir xonaqoh va uch kishiga mo‘ljallangan tahoratxonadan iborat edi. So‘nggi yillarda diniy sohada erkinliklar bo‘lgani tufayli namozxonlari ko‘payib, masjidimiz torlik qilib qolgan edi. Shu bois mahalla faollari bilan birga masjidni yangitdan qayta qurishga ruxsat olindi va hashar yo‘li bilan qurilish boshlab yuborildi. Yaqinda ushbu masjid qurilish ishlari yakunlandi.
Alhamdulillah, hozirda masjidimizda 1 500 nafar namozxonlar ibodatlarni bekamu ko‘st ado etish imkoniga ega bo‘ldilar. Masjidning bitta minorasi bo‘lib, uning uzunligi 30 metrni tashkil etadi. Shuningdek, 30 kishiga mo‘ljallangan tahoratxona ishga tushdi. Imom-xatib, noiblarga, mutavaliy, qarovulga muljallangan 5-6 ta ma’muriy binolari bor. Bundan tashqari, masjidning alohida kutubxonasi bor. Ayollar uchun namozxona va tahoratxona alohida qurilgan. Yer to‘lada ham namoz o‘qiladi. Unga kirib chiqadigan uchta katta eshik bor. Masjid binosida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha barcha jihatlar inobatga olingan.

Muftiy hazratlari ushbu mo‘jaz masjidga tashriflari davomida uning faoliyati yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar va ushbu masjidning qiyomatga qadar mo‘min-musulmonlarga xizmat qilishini so‘rab xayrli duolar qildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi

25.02.2025   6883   1 min.
Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi

Muborak Ramazon arafasida, ya’ni 24 fevral kuni Toshkent shahar Bektemir tumanidagi «Alibek» jome masjidida namunaviy sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, O‘zMI mas’ullari, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, shahar vakilligi xodimlari, tuman bosh imom-xatibi va otinoyilari, shuningdek, otinoyilar, «Haj – 2024» ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishdan so‘ng Zayniddin domla boshchiliklarida masjid hovlisiga ko‘chatlar o‘tqazildi. 

So‘ngra mahallalarga chiqilib, muammoli beshtadan oila o‘rganildi.

Abduqahhor domla peshin namozini «Bektemir» jome masjidida ado etib, namozdan so‘ng mo‘min-musulmonlarga Ramazoni sharifga oz muddat qolganini, bu oyning fazilatlari va barakotlari haqida go‘zal mav’iza qilib berdilar. 

Xayrli ishlarning boshlanish debochasi bo‘lgan bu tadbir so‘ngida tuman imomlarining Ramazonga tayyorgarliklari, oilalar, mahallalar bilan ishlash borasidagi hisobotlari tinglandi.

Xayrli duolar bilan tashrif o‘z nihoyasiga yetdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati

Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi Sayyor yig‘ilish – xayrli ishlar debochasi
MAQOLA