Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Mart, 2025   |   1 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:40
Quyosh
06:58
Peshin
12:40
Asr
16:29
Shom
18:17
Xufton
19:29
Bismillah
01 Mart, 2025, 1 Ramazon, 1446

Onlayn: Muftiy hazratlari Toshkent shahridagi “Mevazor” jome masjidining yangi qurilgan binosiga tashrif buyurdilar

8.07.2020   2039   2 min.
Onlayn: Muftiy hazratlari Toshkent shahridagi “Mevazor” jome masjidining yangi qurilgan binosiga tashrif buyurdilar

Bugun, 8 iyul erta tongda Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan “Mevazor” jome masjidi yangi binosi bunyod etilishi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov boshchiligidagi ulamolar va mutassaddi vakillar tashrif buyurdilar.

– Bugungi zamon talablariga to‘la javob beradigan masjid barpo etildi, – deydi masjid imom-xatibi Rahimjon domla Marhumov. – Buning uchun Prezidentimiz boshchiligidagi barcha rahbarlarga, uning qurilishiga hissa qo‘shgan barcha kishilarga tashakkur bildiramiz.
Avval “Mevazor” mahalliy jome masjidi 120 kishiga mo‘ljallangan kichkina bir xonaqoh va uch kishiga mo‘ljallangan tahoratxonadan iborat edi. So‘nggi yillarda diniy sohada erkinliklar bo‘lgani tufayli namozxonlari ko‘payib, masjidimiz torlik qilib qolgan edi. Shu bois mahalla faollari bilan birga masjidni yangitdan qayta qurishga ruxsat olindi va hashar yo‘li bilan qurilish boshlab yuborildi. Yaqinda ushbu masjid qurilish ishlari yakunlandi.
Alhamdulillah, hozirda masjidimizda 1 500 nafar namozxonlar ibodatlarni bekamu ko‘st ado etish imkoniga ega bo‘ldilar. Masjidning bitta minorasi bo‘lib, uning uzunligi 30 metrni tashkil etadi. Shuningdek, 30 kishiga mo‘ljallangan tahoratxona ishga tushdi. Imom-xatib, noiblarga, mutavaliy, qarovulga muljallangan 5-6 ta ma’muriy binolari bor. Bundan tashqari, masjidning alohida kutubxonasi bor. Ayollar uchun namozxona va tahoratxona alohida qurilgan. Yer to‘lada ham namoz o‘qiladi. Unga kirib chiqadigan uchta katta eshik bor. Masjid binosida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha barcha jihatlar inobatga olingan.

Muftiy hazratlari ushbu mo‘jaz masjidga tashriflari davomida uning faoliyati yuzasidan muhim tavsiyalar berdilar va ushbu masjidning qiyomatga qadar mo‘min-musulmonlarga xizmat qilishini so‘rab xayrli duolar qildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi

26.02.2025   5369   1 min.
Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi

Joriy yil 24-25 fevral kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktor o‘rinbosari G‘ulomiddin Xolboyev va markaz bosh mutaxassisi Hikmatilla Toshtemirov Turkiya davlatida bo‘lib, Turk davlatlari tashkiloti (TDT) Musulmon diniy idoralari Fatvo hay’ati tadbirida ishtirok etishdi. 
 

“Miya o‘limiga oid hukmlar”, “Ayolning mahramsiz safar qilishi”, “Norasmiy nikohni bekor qilish” kabi masalalarning yechimi mavzusida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya ulamolari, dinshunoslar, islomshunoslar hamda jurnalistlar qatnashdi. 


“Ayolning mahramsiz safar qilishi” mavzusida boshqa ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi vakili G‘ulomjon Xolboyev ham so‘zga chiqdi. 


Kunning ikkinchi yarmida “Norasmiy nikohni bekor qilish” mavzusi ko‘rib chiqilib, Hikmatilla Toshtemirov bu mavzuning kun tartibiga kelish sabablari, muammolar haqida gapirib, so‘zi oxirida manbalarga tayangan holda uning yechimini taklif etdi.


Shuningdek, “Miya o‘limi bilan bog‘liq masalalar” mavzusida ham vakillarimiz  faol ishtirok etishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi Fatvo markazi ulamolari xorijiy tadbirlarda ishtirok etishdi