Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Mart, 2025   |   11 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:24
Quyosh
06:42
Peshin
12:38
Asr
16:39
Shom
18:28
Xufton
19:41
Bismillah
11 Mart, 2025, 11 Ramazon, 1446

Qarzimni uza olmayotganim tufayli sizdan uyalib yuribman

3.07.2020   2477   2 min.
Qarzimni uza olmayotganim tufayli sizdan uyalib yuribman

Qarz. Inson o‘ziga zarur bo‘lgan mablag‘ yoki narsani muxtojlikdan qiynalib so‘rab kelgan birodariga berishi qarzdir. Ammo, aksar hollarda qarzdor odam qarzini o‘z vaqtida qaytara olmasligi mumkin. Shunday vaziyatda qarz bergan kishi nima qilishi kerak?

Alloh taolo Qur’oni karimning Baqara surasida shunday marhamat qiladi:

“Agar nochor bo‘lsa, boyi­gunicha kutishdir. Sadaqa qilmog‘ingiz, agar bilsangiz, o‘zingiz uchun yaxshidir” (280-oyat).

Musulmonlik odobi agar qarzdor nochor bo‘lsa, qarz beruvchini sabr qilishga, qarzdorni qiyin-qistovga olmaslikka, u o‘zini o‘nglab olgunicha kutib turishga chaqiradi.

 “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki undan ba’zisini o‘tib yuborsa, uni Alloh qiyomat kunida, O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda Arshining soyasiga oladi”, dedilar”.

Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.

Boshqa bir hadisda Burayda Aslamiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim nochor kishiga muhlat bersa, unga har bir kuni uchun bitta sadaqa bo‘ladi. Agar muhlati kelgandan keyin yana muhlat bersa, har bir kuniga uning mislicha sadaqa bo‘ladi”, dedilar. Ibn Moja rivoyat qilgan. 

Shu o‘rinda mazhabboshimiz Imomi A’zam rahmatullohi alayh hazratlari bilan bo‘lib o‘tgan bir voqe’ani eslatib o‘tsak.

Hazrati Shaqif rahmatullohi alayh hikoya qiladi: Men hazrati Imom A’zam bilan birga ketayotgan edim. Bir kishi u zotni uzoqdan ko‘riboq o‘zini chetga oldi va boshqa yo‘lga burilib ketdi.  Buni sezib qolgan imom hazratlari haligi kishini chaqirdilar. U odam kelgach:

  • Nega yo‘lingni o‘zgartirding? Nega mendan bekinib yuribsan? – deb so‘radilar.
  • Sizdan o‘n ming dirham qarzim bor, olganimga ancha bo‘ldi, ammo qiyin ahvoldaman. Qarzimni uza olmayotganim tufayli sizdan uyalib yuribman – dedi haligi kishi.

Imomi A’zam hazratlari shunda dedilar:

  • Subhanalloh! Shu xolosmi? Unday bo‘lsa, bor, men qarzimdan voz kechdim. Bundan buyon mendan yashirinib yurma. Men tufayli dilingda paydo bo‘lgan qo‘rquv uchun meni avf et..!

 

“Javohirul-bayon” kitobi asosida

Saidabror Umarov tayyorladi   

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Umr – bebaho va topilmas ne’matdir! (+video)

10.03.2025   9440   1 min.

Bir hadis sharhi
 

Imom Termiziy va imom Dorimiyning “Sunan”lariga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kunida bandaning qadami to to‘rt narsadan so‘ralmaguncha joyidan qimirlamaydi: umrini qanday o‘tkazgani, yoshlikda nima amal qilgani, molini qayerdan topib, qayerga sarflagani (haqida va) olgan ilmiga qay darajada amal qilgani to‘g‘risida”, dedilar.