Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2025   |   22 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:02
Peshin
12:24
Asr
16:44
Shom
18:38
Xufton
19:51
Bismillah
14 Sentabr, 2025, 22 Rabi`ul avval, 1447

Bu yil Ramazon bayramini qanday nishonlaymiz, Hayit namozi o‘qiladimi?

22.05.2020   3641   4 min.
Bu yil Ramazon bayramini qanday nishonlaymiz, Hayit namozi o‘qiladimi?
Bu yilgi oylar sultoni – Ramazon har qachongidan ham o‘zgacha kechdi. Koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin sabab bu yil Ramazon oyida yurtimizning barcha mo‘min-musulmonlari uylarida oila a’zolari bilan birgalikda tarovih namozlarini o‘qib, Qur’oni karimni xatm qilishdi.
 
Ramazon oyi ham poyoniga yetib qoldi. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatga binoan Ramazon hayiti yurtimizda joriy yil 24 may kuni nishonlanadi.
 
Ayni paytda barcha mo‘min-musulmonlarni “Ramazon hayitini qanday nishonlaymiz? Hayit namozi o‘qiladimi?” kabi savollar o‘ylantirayotgani tabiiy.
 
Qolaversa, kecha ayrim mahalliy saytlarda Saudiya Arabistoni Ulamolari Kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i muftiy Abdulaziz Shayxning bu yilgi Ramazon hayiti namozini uyda o‘qishga ruxsat bergani to‘g‘risida e’lon qilingan fatvosi haqida xabarlar tarqaldi.
 
Xo‘sh, mamlakatimizda ham Abdulaziz Shayxning fatvosiga rioya qilinadi?
 
Avvalo, ta’kidlash joizki, yurtimizda hanafiy mazhabiga qat’iy rioya qilinadi. Saudiya arabistoniliklar esa hanbaliy mazhabini tutishgan. Shu bois, o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun bu masalaga oydinlik kiritishni lozim topdik.
 
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020 yil Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Bayonoti e’lon qilindi.
 
Unga ko‘ra, masjidlarda karantin davrida vaqtincha jamoat namozlari to‘xtatilgani inobatga olinib, Ramazon hayiti namozini o‘qish mo‘min-musulmonlarning zimmasidan soqit bo‘lgani qayd etilgan. Yurtdoshlarimizga hayit kuni quyosh terak bo‘yi ko‘tarilgandan keyin o‘z xonadonlarida to‘rt rakatli nafl namozi o‘qishlari tavsiya etiladi.
 
Bilasiz, dinimizda ham bir narsa dalil-hujjatga asoslanadi. Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, hayit namozini biror uzr sababli masjidda katta jamoat bilan ado etish imkoni bo‘lmasa, uni uyda alohida jamoat bilan o‘qish joiz emas.
 
Mazhabimizning mo‘tabar fiqhiy manbai bo‘lgan “Bahrur roiq” asarida bunday deyiladi: “Imom bilan birga iyd namozini ado etish imkoni bo‘lmasa, u qazo qilinmaydi. Chunki shariatimizda iyd namozini ma’lum shartlarga ko‘ra o‘qish ma’lum bo‘lib, yolg‘iz o‘quvchi kishi uchun ushbu shartlar mukammal bo‘lmaydi”.
 
Hayit namozi durust bo‘lishi uchun hayit namozi o‘qilishiga umumiy ruxsat (izni omma) bo‘lishi va hayit namozini odamlarga muftiy tomondan tayinlangan kishi o‘qib berishi kerak. Hayit namozi uyda o‘qilganda mana shu shartlar topilmaydi. Buning natijasida namoz durust bo‘lmaydi. Bu haqda Ibn Obidin rahimahulloh bunday deydilar: “Umumiy ruxsat – jome masjidi ochilib, odamlar kirishiga ruxsat bo‘lishidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yig‘ilib, eshikni yopib olib juma (yoki hayit) namozini o‘qisalar, namozlari durust bo‘lmaydi” (“Raddul muhtor” kitobi).
 
“Majma’ul anhur” kitobida yozilishicha: “Hayit namozi Zuho namozi o‘rniga qo‘yilgan. Hayit namozi biror uzr sababli o‘qilmay qolsa, ikki yoki to‘rt rakat nafl namoz o‘qish mustahab bo‘ladi. To‘rt rakat o‘qigan afzal”.
 
Demak, biz bu yil koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin sababli uylarimizda hayit namozi o‘rniga nafl namoz o‘qiymiz.
 
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchamiz uyda, oila davrasida qolib, karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda bayramni nishonlaymiz. Zero, dinimizda zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga qo‘yiladi.
 
 
Nuriddin XOLIQNAZAROV,
 
Toshkent shahar bosh imom-xatibi
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar

FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

12.09.2025   4653   1 min.
FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

#xabar #fatvo 
 Bishkek shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining VI yig‘ilishi doirasida mazkur tuzilma qoshidagi Fatvo hay’atining II majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan fatvo mutaxassislari tomonidan bir qator fiqhiy masalalarning yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

 Xususan, oila, nikoh, ajrim, inson organlarini ko‘chirish, haj va umra, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli  borasida yuzaga kelgan shar’iy masalalar haqida zamonaviy fatvolar loyihalari puxta ko‘rib chiqildi. 

 Hamjihatlik ruhida o‘tgan yig‘ilishda ulamolar diniy masalalarni birgalikda muhokama qilib, umumiy yechimga kelish an’anasini boshlab berdilar. Bu esa musulmon ummatining birdamligini mustahkamlaydi, ixtiloflarning oldini oladi va turkiy xalqlar orasidagi birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda qo‘shma qarorlar yuzasidan chiqarilgan fatvolar loyihalarini ko‘rib chiqish va imzolanish uchun Turkiy davlatlar muftiylari kengashiga taqdim qilindi.

 Ma’lumot o‘rnida, Turkiy davlatlar muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati 2023 yil 25 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar muftiylari kengashining IV yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining taklifi bilan tuzilgan edi. 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati 

FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI FATVO HAY’ATI MAJLISIDA ZAMONAVIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI