Joriy yilning 21-may kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Andijon viloyatiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarning tashrifi, dastlab viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov hamrohligida Andijon shahridagi "Devonaboy" jome masjidida bo‘ldilar.
Hammalarimizga ma’lumki Andijon shahridagi “Devonaboy” jome masjidida namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qariyb ikki yildan buyon qurilish ishlari jadal suratlarda amalga oshirilmoqda. “Devonayboy” jome masjidida qurilish ishlari yakunlansa o‘n olti mingga yaqin namozxonni o‘z ichiga olgan xonaqoh va uning yordamchi xonalari namozxonlar ixtiyoriga topshiriladi. Shu sababdan ham muftiy hazratlarining Andijon viloyatiga tashrifi doirasida “Devonaboy” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishlik, namozxonlar uchun yaratilinayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishlik maqsadida amalga oshirildi. Tashrif jarayonida muftiy hazratlari masjid faoliyati bilan, qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zining bir qator maslahat va ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar.





O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.
Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.
Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi
Matbuot xizmati