?Telegram: https://t.me/muslimuzportal ?Facebook: / muslimuzportal ?Instagram:
/ muslimuzpor. . @Muslimuzz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Men o‘zimni atrofimdagilar bilan solishtirmayman. Ularning mendan ko‘proq topayotgani, martabasi, uyi, mashinasi xatto ilmi ko‘pligi ham qayg‘uga solmaydi.
Meni avalgi o‘zimdan qanchalik farq qilishim ko‘proq qiziqtiradi.
O‘tmishdan o‘n yil avvalgi o‘zimni qidiraman. Hozirgidan oddiyroq, kambag‘alroq, ilmsizroq o‘zimni.
Shu bilan birga, sodda, beg‘ubor, samimiy, ishonuvchan, qalbi sofroq, himmati balandroq, o‘zimni.
Ozgina gunohiga ham siqiladigan yuragimni.
Ishtiyoqi baland, kelajakdan katta narsalar kutgan, olamni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, oddiy narsalar xursand qiladigan, oddiy voqealar yig‘latadigan yigitchani.
So‘rasa chin qalbdan so‘raydigan, o‘qisa ta’sirlanadigan o‘zimni.
Men o‘zimni o‘zim bilan solishtiraman. Topganlarim evaziga yo‘qotganlarim arzimasligi, bugun topganlarimni istalgan paytda topib, istalgan vaqtda yo‘qotishimni bilaman va yo‘qotganlarimni, yoshlik, soflik, tuyg‘ular, ishtiyoq, samiyiylikni endi topolmasligimni ham bilaman. Endi 20 yoshli o‘zim his qilgan narsalarni endi hech qachon his qilolmasligimni ham bilaman. Shu meni qayg‘uga soladi...
Orif Taskinning «Muhrlangan dardlar» kitobidan