Ilmu hikmat bir ilohiy nur-ziyo,
Ilmu hikmat bilan dillar purziyo.
Zebu ziynat, molu dunyo o‘tkinchi,
Zavqu azob, orzu-havo o‘tkinchi.
Zakovat-la saqlanar qalb jahldan,
Baxt beshigi yasalgay ilm, aqldan.
O‘rganamiz ilm-la din-diyonatni,
Farzu vojib, sunnatu sir-sinoatni.
Ilm ista, g‘aflatga hech ko‘nmagin,
Bekor so‘zlab, uzun uxlab, so‘nmagin.
Ilmsiz qalb bo‘larmidi salomat?
Darding bormi, yo‘q ishingda davomat.
Ilm yo‘llar seni rushdu hidoyatga
Va olgaydir ixlosingni himoyatga.
Ilm ista, bo‘lgin omon, ey do‘stim,
Shunda jannat yo‘li oson, ey do‘stim.
Ibodulloh Ahrorov
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi
(“Hidoyat”jurnali 2002, 2 son)
Bugun Madinai munavvaradagi pasport va beydjiklar bilan bog‘liq ishlar nihoyasiga yetdi. Bu ishlarga mas’ul bo‘lgan Rifada shirkati hujjat ishlarida yaqindan ko‘mak bergan o‘zbekistonlik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Jumladan, “Haj-2025” mavsumida ushbu bo‘lim bilan hamkorlikda ishlagan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo‘limi mudiri Kamoliddin Mahkamov hamda Hadis ilmi maktabi direktori Barot Amonovga tashakkurnoma taqdim etildi.