Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:39
Peshin
12:21
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
11 Dekabr, 2025, ,

Masofaviy ta’limda Qur’oni karim xatm qilindi

20.04.2020   2673   1 min.
Masofaviy ta’limda Qur’oni karim xatm qilindi

Iqna sahifasining xabar berishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining Ajman mintaqasida faoliyat yurituvchi "Humayd bin Rashid Al-Nuaymiy" ta’lim markazi, masofaviy ta’limda Qur’oni karimni to‘liq xatm qilgan birinchi qorini taqdim qildi.
Gap shundaki, "Uyda qoling" shiori ostida olib borilayotgan masofaviy ta’limda Markaz talabasi Shihab Muhammad Ali Saran Qur’onni to‘liq yodlashga muvaffaq bo‘lgan.
Markaz direktori Husayn Muhammad Al-Hammodiy ta’kidlab o‘tdiki, mavjud imkoniyatlar va zamonaviy texnologiyalar Qur’oni Karim ta’limini yengillashtiradi va jamiyatning katta qismiga uni yetkazishni osonlashtiradi.

O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

11.12.2025   1640   1 min.
Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va talabalar ishtirokida ikki yangi asarning taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey, bandalarim» asari hamda Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulazim domla Saidahmedovning «Nurul yaqin» asari ikkinchi qismi o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbirda bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov ushbu kitoblar talabalar ma’naviy kamolotida katta xizmat qiluvchi muhim manbalar ekanini ta’kidladi.

Abdulazim domla ham so‘zga chiqib, «Nurul yaqin» asarining yangi qismidagi asosiy mavzular, uni yozish jarayoni o‘quvchi uchun qanday foydalari borligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti