Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Mart, 2025   |   20 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:08
Quyosh
06:27
Peshin
12:35
Asr
16:47
Shom
18:38
Xufton
19:51
Bismillah
20 Mart, 2025, 20 Ramazon, 1446

Al-Azhar majmuasi rahbari Samarqand viloyati hokimiga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

19.03.2020   2469   1 min.
Al-Azhar majmuasi rahbari Samarqand viloyati hokimiga minnatdorlik maktubi yo‘lladi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, dunyoga mashhur Al-Azhar majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib hazratlari o‘z maktubida joriy yilning 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjumanga tashrifi chog‘ida ko‘rsatilgan hurmat, ehtirom uchun Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovga minnatdorlik bildirgan.
 
Eslatib o‘tamiz, mazkur tashrif chog‘ida Shayx Ahmad Tayyibga “Samarqand shahrining faxriy fuqarosi” unvoni berilgan edi.
 
 
G‘.HASANOV, O‘zA
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qaysi duo yaxshi eshitiladi?

18.03.2025   2778   1 min.
Qaysi duo yaxshi eshitiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Qaysi duo yaxshi eshitiladi?» deb aytilganida, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari so‘ngida qilingan duo», deb javob berdilar.

Imom Termiziy rivoyat qilib, hasan hadis dedilar.

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Tarjimon Anvar Ahmad