Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Aprel, 2026   |   18 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:57
Peshin
12:30
Asr
17:00
Shom
18:58
Xufton
20:13
Bismillah
07 Aprel, 2026, 18 Shavvol, 1447
Yangiliklar

Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir

19.03.2025   8185   1 min.
Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir

Xalqimizda: “Hamal keldi – amal keldi” degan hikmatli so‘z bor. Hamal kirishi bilan dalalarda ish qaynaydi. Ekin-tikinlar ekiladi, ko‘chatlar o‘tqaziladi. Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida ko‘chatlar o‘tqazish avjiga chiqqan.

Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi  Doniyor domla Ikromov, O‘zMI mas’ul xodimlari, imom-xatiblar Ohangaron tumani hududiga ko‘chatlar ekishdi. 

Yerga qadalgan 40 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ildiz otib, ko‘kka bo‘y cho‘zib, barchaga foydali ulkan daraxtlar bo‘ladi, inshoalloh.

Zotan, dinimizning ta’limoti ham  atrof-muhitni musaffo holida saqlashga targ‘ib etadi.

Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Bir kishi Damashq ko‘chalarining biridan o‘tayotsa, ko‘cha ekayotgan odamga ko‘zi tushibdi va unga: “Nega bu ishni qilayapsiz, axir siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalaridansiz-ku?” debdi. Shunda u kishi: “Sen shoshma, men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim bir ko‘chat eksa, undan odam yoki Alloh yaratgan maxluqotlardan birontasi yesa, buning evaziga o‘sha (ko‘chat ekkan banda)ga sadaqa bo‘ladi”, deganlarini eshitganman”, debdi” (Imom Ahmad rivoyati).

Haqiqatan, bizlardan oldin o‘tganlar ko‘chat ekishdi, biz ular ekkan daraxtlarning mevalarini yeyapmiz. Endi navbat bizga: biz ekamiz, keyingi avlodlar yeydilar, inshoalloh.

Alloh taolo yurtimizni bog‘u bo‘stonga, chamanzorga aylantirsin.

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir Ko‘chat ekish sadaqai joriyadir
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi

07.04.2026   175   1 min.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi

Diniy soha xodimlari o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning viloyat bosqichlari tashkil etilmoqda.

 

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan mazkur bosqichlarda shaharu tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro bellashdi. Ular o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etishdi.

 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va mahoratli ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

 

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida diniy soha xodimlari o‘rtasida kurash musobaqasining viloyat bosqichlari bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari