O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Dilbar hoji ona Atabayevaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan marhuma onaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumaning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi 2020 yil 15 fevral kuni Toshkent shahridagi "Minor" jome masjidida peshin namozidan keyin ado etiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildilar.
Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni aloqalari tarixiy davrga qadam qo‘ygani, ayniqsa, mana shunday iliq munosabatlar natijasida oliy darajadagi muloqotlar, tashriflar, kelishuvlar amalga oshirilgani, ko‘p qirrali hamkorlik va keng ko‘lamli sheriklik kengaygani, shuningdek, qo‘shma korxonalar soni ortgani va ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paygani ta’kidlandi.
Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan, haj va umra tadbirlari namunali tarzda tashkil etilayotgani, keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va ijtimoiy loyihalar muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalarda ikki tomonlama faol ishtirok va hamkorlik qilinayotgani kabi jihatlarga urg‘u qaratildi.
Tomonlar haj-umra, ziyorat turizmi, ilmiy-tadqiqot, tajriba almashish va diniy-ma’rifiy sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati