28-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti 2019-yil yakuni bo‘yicha diniy soha xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Sh.Bauatdinov boshchiligida shu yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaati xususida fikr va mulohazalar qilindi.
Yig‘ilish davomida o‘tgan 2019-yilda erishilgan yuutuqlar, yuz bergan kamchiliklar haqida batafsil to‘xtaldi.
Yig‘ilish so‘ngida 2020-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar va bir qator topshiriqlar belgilab olindi. Shuningdek o‘tgan yil davomida o‘zining faolligi va jokuyarligi bilan jobozlik ko‘rsatgan imom-xatib va imom-noiblar Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan «Faxriy yorliq» va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






Qayrat Imanaliyev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xodimi.
Farg‘ona viloyatida «Vaqf» xayriya jamoat fondining viloyat filiali tomonidan ikki yuzga yaqin ehtiyojmand oilalar uchun xayriya tadbirlari tashkil etildi. Bu jarayonda kam ta’minlangan oilalarga ko‘mir, issiq kiyim-kechak, poyabzal, elektr isitgichlar, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or uchun maishiy texnikalar taqdim etildi. Shuningdek, homiylarimiz tomonidan boquvchisi yo‘q oilalarda voyaga yetayotgan bolajonlarga to‘kin dasturxon yozilib, kabobxo‘rlik tashkil etildi.
Qish mavsumida yangi poliz mahsulotlari va sarxil mevalar, issiq kiyimlar, ayniqsa sovuq kunlarda asqatadigan ko‘mir bilan ehtiyojmand oilalarga iliqlik ulashgan, ularni xursand qilgan barcha homiylardan, saxovatpesha fuqarolarimizdan Alloh rozi bo‘lsin.
Xayriya tadbirlarining yuqori tashkilotchilik va mehr-muruvvat bilan o‘tkazilishiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha ishtirokchilar, ko‘ngillilarni O‘zi ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!
Vaqf.uz