Quyida keltiriladigan hadis, fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqdagi sahifadan olib tarjima qilingan.
ROSTGO‘Y SAVDOGAR
Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«O‘ta rostgo‘y, omonatdor savdogar Payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladi». Imom Termiziy rivoyati.
*****
Bugun Alloh taolo senga 86400 soniya berdi. Sen shundan bir soniyasida Unga shukrona aytib ALHAMDULILLAH dedingmi?!
*****
Buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorning buyragini maxsus apparat vositasida har ikki oyda 30 marta yuvishadi. Og‘riqdan jinni bo‘lay deydi.
Alloh taolo sizning buyragingizni har kuni 32 marta yuvadi. Siz esa hech narsani sezmaysiz.
Alloh taoloning sizga bergan ne’matlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘ring va U Zotga hamd ayting!
“Hikmat durdonalari” sahifasidan
*****
Shikoyat belbog‘i
— Nega boshingni bog‘lab olding?
— Boshim og‘riyapti.
— Shuncha payt boshing og‘rimaganda “shukr belbog‘ini bog‘lash” (shukr qilish) esingga kelmay, og‘riganda darrov shikoyat belbog‘ini bog‘lab oldingmi?!
*****
Hayo, iffat kabi ayolning qadrini oshiradigan narsa yo‘q.
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Bugun Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi nashrdan chiqqan “Inson qadri” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari, faol imom-xatiblar hamda otinoyilar ishtirok etdi. Taqdimot Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, kitobning mazmun-mohiyati, inson qadrini ulug‘lash, ma’naviy tarbiya va jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida “Inson qadri” kitobi viloyat hududidagi 288 ta masjidga tarqatildi hamda uni diniy-ma’rifiy ishlar jarayonida keng foydalanish tavsiya etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati