Joriy yilning 25 yanvar kuni Hadis ilmi maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini maktab jamoasiga yetkazish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir avvalida Prezident Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi to‘liq namoyish etilib, so‘ngra maktab rektori O.Yusupov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘ztda Oliy Majlisga qilingan Murojaatda ilgari surilgan joriy va kelgusi yillarda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar, davlatimiz ichki va tashqi siyosati uchun asosiy vazifalar hamda o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Maktab rektori O.Yusupov nutqida yaratib berilayotgan bunday sharoitlarga munosib javob bergan holda amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlashda maktab jamoasining har bir a’zosi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yanada ko‘proq mehnat qilishi darkorligini ta’kidladi.
J.Akramov
Hadis ilmi maktabi
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun qiroat darslari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Shu munosabat bilan joriy yil 15 dekabr kuni Farg‘ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida qiroat darslarining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
"Qur’on va tajvidni o‘rgatish" va Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu darslarda Abdulloh qori Haydarov Jizzax viloyatida, Abdusamad qori Mamasoliyev Qashqadaryo viloyatida va Abdulbosit qori Eshqobilov Farg‘ona viloyatida amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati