Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Oktabr, 2025   |   29 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:23
Quyosh
06:41
Peshin
12:13
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:49
Bismillah
21 Oktabr, 2025, 29 Rabi`us soni, 1447

O‘n yoshli qiz yiqqan pullarini masjid qurilishi uchun ehson qildi

27.01.2020   4220   1 min.
O‘n yoshli qiz yiqqan pullarini masjid qurilishi uchun ehson qildi

Ma’lumki bugungi kunda binolari eskirgan, tor masjidlar yangi imkoniyatlar darajasida, ko‘plab namozxonlarni sig‘dira oladigan holatda yangidan qurilmoqda. Xalq hashari, qolaversa ixlosi baland ko‘ngilli insonlarning qishli suronli kunlarida ham olib borayotgan mehnatlari bilan joylarda munavvar masjidlar qad ko‘tarmoqda. Bu borada hamma harakatda: imkoniyati yetgancha Allohning baytiga ehson qilib, oxirati uchun savob ishlab olish ilinjida.

Yaqinda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi o‘n yoshli qizcha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilayotgan “Dorulomon” jome masjidi uchun o‘zining maxsus idishchasida yig‘ib qo‘ygan barcha pulllarini ehson qildi. Bu haqda masjid imom-xatibining Facebook tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Maxsus video orqali bu haqda tarmoq foydalanuvchilariga e’lon qilinib, idishcha ichidagi pullar miqdori sanaldi. “Bu albatta kattalarni ham o‘ylantiradigan holat. Yoshgina qizaloqning maktab va boshqa xarajatlari uchun ota-onasi bergan pullarini yig‘ib, barini Allohning bayti uchun olib kelib berishi insonnni ta’sirlantiradi”, deydi Abdulhamid Jumanov.

Darhaqiqat, har qanday iymon egasini ta’sirlantiradigan voqea. Yoshgina bir qizaloq ko‘plab katta insonlar qilmaydigan ishni qilmoqda. Allohning bayti uchun o‘zidagi bor-budini, ya’ni ko‘p vaqtdan beri asrab, yig‘ib kelayotgan pullarini hadya etmoqda. Tengqurlari yig‘gan pullariga o‘zlariga yoqqan o‘yinchoq yoki boshqa buyumni olayotgan bir vaqtda u esa oxirati uchun sarfladi... Aql yoshda emas, boshda, deydilar. Qizaloqning bu ishi esa ko‘plab xayru saxovatdan g‘ofil yurgan katta odamlar uchun ibrat bo‘lsa ajab emas.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Alloh ulamolar orqali haq yo‘lni ko‘rsatadi

20.10.2025   1312   1 min.

Farhodjon Raxmonov, Sirdaryo viloyati "Mirzaobod" jome masjidi imom-xatibi

VIDEO