Nuriddin Xoliqnazarov.
Toshkent shahar bosh imom-xatibi
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Bu haqda Tahonaviy rahmatullohi alayh bunday deganlar: "Rahmat paydo bo‘ladi. Keyin u boshqaradi. Huzur unga ergashadi, ya’ni o‘z navbatida u ham hozir bo‘ladi".
Asl narsa Allohning rahmati, ya’ni amal qilishga tavfiqning berilishidir. Mana shuning o‘zi ulug‘ ne’mat. Uni qadrlang va shukr qiling. Bu rahmat sizga rahbarlik qilyapti. "Xuzur" ham "rahmat"ga itoatkordir. Navbati kelsa, u ham paydo bo‘ladi. Nima, u ham hozir bo‘lishi zarurmi? Yo‘q, hecham zarur emas. Agar butun umr huzur hosil bo‘lmasa, unda ham biror zarar yo‘q.
Lazzat va kayfiyat maqsad emas
Asl maqsad amal qilishdir. Amal orqali hosil bo‘ladigan kayfiyat maqsad emas. Masalan, amal natijasida lazzat tug‘ilyapti, huzur bo‘lyapti, yig‘i kelyapti. Bu narsalar asl maqsad emas. Agar hosil bo‘lsa, u holda Allohning ne’matlaridan. Hosil bo‘lmasa ham, biror zarar yo‘q. Asl maqsad amal ekan, shuni qiling, shunga qayg‘uring. Xoh u amal tilovat bo‘lsin, namoz yoki biror boshqa amal bo‘lsin, qilavering.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan