"Avay-ye Raxa" bosmaxonasi direktori Meysam Xesaraki "Iqna" nashri bilan suhbatda ushbu Mus'haf haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Qur’oni karim islom dunyosida o‘xshashi yo‘q bo‘lib, uning o‘ziga xosligi o‘ta yirik hajmdagi harflar bilan bitilgan.
Hattot Mustafo Ashrafiy Tabriziy tomonidan bitilgan hamda 1232 sahifada chop etilgan Mus'hafning dastlabki va oxirgi 16 beti xushbo‘y ifor taratuvchi qog‘ozda chop etilgan.
Ushbu Qur’oni karim ustida sakkiz yil davomida ishlangani, hozirda esa 5000 adadda chop etilgani aytilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev tomonidan bir guruh faxriy ustozlar — Hoshimjon domla Sobirov, Shayxmuhammad domla Allayarov, Bokibulloh domla Atagullayev va boshqa ustozlar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a va salomlar taqdim etildi.
Shuningdek, sohada faoliyat yuritgan barcha faxriy ustozlar xotirlanib, uylaridan xabar olindi, Qur’oni karim tilovat qilindi va ularning ruhi pokiga duolar qilindi.
Zamaxshariy.uz