Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:18
Quyosh
07:44
Peshin
12:25
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:19
Bismillah
18 Dekabr, 2025, ,

Qiz farzand ko‘rgan bo‘lsangiz

18.12.2019   2658   1 min.
Qiz farzand ko‘rgan bo‘lsangiz

Ba’zan “Yana qiz tug‘dingmi? Buncha qiz tug‘averasan?” deb ayolini malomat qiladiganlarni eshitib qolamiz. Avvalo, homilaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishiga ayolingiz aybdor emas. Homilaning o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini iroda qiluvchi Alloh taoloning O‘zidir! Bandasining qo‘lidan hech narsa kelmaydi.

Unutmang, ikkita qizingiz bor degani, do‘zaxdan ikkita parda bor deganidir. Yana qiz farzand ko‘rdingizmi, pardalar soni yana bittaga ko‘payibdi-da!

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularni sabr bilan o‘stirsa, topganidan ularni kiyintirsa, ular uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi, dedilar”.

Nima, “Qizni boqish, uzatish osonmas hozirgi paytda” deysizmi?

Nega unday deysiz? Razzoq bor! Razzoq degani qimirlagan jonzotning rizqini beruvchi degani! Robbimiz sizning ham, qizingizning ham rizqini beradi!

Olamlar Robbi Qur’oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: 

وَلاَ تَقْتُلُواْ أَوْلاَدَكُم مِّنْ إمْلاَقٍ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ

Ochlikdan qo‘rqib, bolalaringizni o‘ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz  (An’om surasi, 151-oyat).

Qolaversa, do‘zaxni berkitadigan parda o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi-ku, do‘stim! Buning uchun do‘zaxdan uzoqlashtirib, jannatga yaqinlashtiradigan amallarni ko‘proq qilish, shu jumladan, qiz farzand ko‘rganda xursand bo‘lish, ularni odob-axloqli etib tarbiya qilish lozimdir.

Menimcha, endi qiz farzand ko‘rganingizda xafa bo‘lmasangiz, “Hamma farzandlarim qiz bo‘lsa ham roziman” deydigan kayfiyatga o‘tsangiz kerak!

Alloh taolo barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni go‘zal qilsin!

 

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi

17.12.2025   3424   1 min.
Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun qiroat darslari yo‘lga qo‘yilgan edi.


Shu munosabat bilan joriy yil 15 dekabr kuni Farg‘ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida qiroat darslarining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.


"Qur’on va tajvidni o‘rgatish" va Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu darslarda Abdulloh qori Haydarov Jizzax viloyatida, Abdusamad qori Mamasoliyev Qashqadaryo viloyatida va Abdulbosit qori Eshqobilov Farg‘ona viloyatida amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

 

 

Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi Imomlar uchun navbatdagi qiroat darslari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari