Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Navoiy viloyatida bo‘ldilar.
Barcha viloyatlar kabi Navoiy viloyatining ham o‘zi xos jihatlari mavjud. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi ushbu eng kenja viloyat hududi jihatidan eng katta bo‘lib, aholisining ko‘p millatliligi bilan alohida ajralib turadi.
Muhtaram Prezidentimiz 2017 yili Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida Nurota tumanidagi «Chashma» ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi.
O‘tgan yili bu ishlar amalga oshirilib, ziyoratgoh hududi o‘zgacha chiroy ochdi. Ellik o‘rinli «Nurota» mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Manzarali buta va daraxtlar ekilib, favvora bunyod etildi. Endilikda «Chilustun» va «Panjvaqta» masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
Muftiy hazratlari tashriflarining avvalida viloyatda istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olish bo‘ldi, ular bilan suhbat qilindi. O‘ksik qalblarga ham moddiy, ham ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.
Shuningdek, “Vaqf” fondi tomonidan nogironligi tufayli to‘shakka mixlanib qolgan insonlarga nogironlik aravachalari, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar taqdim etildi.
Mana shunday xayriya ishlari orqali shunday insonlarning siniq ko‘ngillarini ko‘tarib, dillariga mamnunlik ulashish har bir vijdonli inson uchun huzurbaxsh amallardan hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ushbu anglashuv memorandumi ikki tomon o‘rtasida ilmiy salohiyatni kengaytirish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik sohalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni aks ettiradi.
Uchrashuvda quyidagilarga erishildi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Hadis ilmi maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumlarini imzolanishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati