Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Mart, 2026   |   15 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:35
Quyosh
06:53
Peshin
12:40
Asr
16:32
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
04 Mart, 2026, 15 Ramazon, 1447

Keragini so‘raylik

10.12.2019   2831   2 min.
Keragini so‘raylik

Hammamiz ham o‘g‘il uylantirsak, qiz chiqarsak – farzandlarimizning baxtu kamolini ko‘rsak, deb orzu qilamiz. Mehnatlarimiz ham, duolarimiz ham farzandi zurriyodlarimiz uchun.

Shu tabiatimizga ko‘ra, qizimizga sovchi kelsa, “Uyi bormi, tayinli ish joyi bormi, mashinasi bormi? deb  boshlagan savolimiz aylanib-aylanib yotoqxona krovati, kir mashinasi, muzlatgich, changyutgich kabilarga boradi va qaynota-qaynonasi bilan birga yashaydimi, alohidami? qabilida yuzlab savollar so‘raladi.  

Ammo shu savollar ichida ko‘pincha asosiy savollar so‘ralmay qoladi: Rabbini taniydimi, Ibodatga mahkammi, Qur’oni karimni o‘qiydimi, halol-haromni biladimi? Ertaga tug‘ilajak farzandlariga halol luqma yedirish uchun tunni kunga ulab ishlaydimi?

Zero, dunyo hayotidan maqsad – Jannatga erishmoqdir. Jannatga yetishmoq esa Alloh taoloning roziligi bilan bo‘ladi. Rabbimizning rizosi esa Uning amrlarini bajarmoq, qaytarganlaridan qaytmoq tufayli hsoil qilinadi. Tabiiyki, ikki yoshning birgalikda hayot kechirishi ham Jannatga erishish yo‘lidagi qadamlardan biridir. Qachonki yoshlar shunga intilsa!

Ammo shuncha narsani bilamiz-u, dinimiz biz musulmon oilalarning qachon kundalik hayotiga aylanishini bilmaymiz. Yoshlarimiz qachon namoz bilan turib, namoz bilan yotishni odat qiladi. Qur’oni karimni hayoti markaziga qachon qo‘yadi. Qachon Qur’on deb nafas olib, Qur’on deya nafas chiqaradi? Shuni anglab olmog‘imiz uchun bizga qabristonlarda o‘tganlar ortidan o‘qishimiz kerak bo‘lgan  suralar, oyatlar talqin etildi. Tug‘ilganda o‘qidik, janozada o‘qidik, ochilishda o‘qidik, yopilishda o‘qidik... Tiriklarning o‘qiganlarni uqib olishiga ehtiyoji yo‘q kabi tushundik va o‘zimizga zarur bo‘lgan ishtiyoq ila o‘qimadik...

Savolni to‘g‘ri so‘rashimiz kerak. Bu yigit qo‘lni qo‘lga, ko‘ngilni ko‘ngilga bog‘lab yo‘lga chiqyaptimi? Shu qizga Jannatda ham yetishmoqni niyat qilyaptimi? 

Jannatda ham birga bo‘ladigan juftlarni so‘raylik.

Jannatda ham birga bo‘ladigan juftlarni topaylik.

Jannatdagi juftimiz bo‘lsin deya juftimizning qadriga yetaylik.

Rabbimiz dunyodagi uylarimizni Jannat timsoli o‘laroq go‘zal hayot kechirmog‘imizni va oxiratda Jannatiga va jamoliga yetishmog‘imizni nasib aylasin.

 

“Pul yemas ota” jome masjidi imom-xatibi Muzaffarxon A’ZAM tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar

02.03.2026   4508   1 min.
Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi


Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.


Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.


Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi 
Matbuot xizmati

Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar Muftiy hazrat Imom Termiziy nomidagi Islom instituti, madrasa va markaz faoliyati bilan tanishdilar
O'zbekiston yangiliklari