"Rossiya - Islom olami" strategik qarashlar guruhi (SQG) ning V yillik yig‘ilishi 28 noyabr kuni Ufadagi "Toratau Kongress-Xoll" zalida ish boshlandi. Yig‘ilishning bu yilgi asosiy mavzusi "Dinlararo totuvlik: Rossiya va Islom hamkorlik tashkiloti (IKT) mamlakatlari tajribasi".
"Rossiya - Islom olami" SQGning Islom hamkorlik tashkilotining 50 yilligi va taniqli rus siyosatchisi Ye.M.Primakovning 90 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishida Rossiyaning bir qator viloyatlari va chet ellarning vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Boshqirdiston, Dog‘iston, Checheniston, Shimoliy Osetiya-Alaniya, Adigeya, Ingushetiya, Kabardino-Balkariya, Karachay-Cherkesiya, Qrim, shuningdek Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Tojikiston, Tunis, Pokiston va boshqalar bor.
"Bashinform" axborot agentligining xabariga ko‘ra, har yilgi SQG yig‘ilishi nafaqat an’anaviy, balki Rossiya va xalqaro musulmon hamjamiyati o‘rtasidagi munosabatlar kun tartibidagi muhim forumlardan biri hisoblanadi. Uchrashuv qatnashchilari o‘zlarining bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, islom dunyosining eng muhim muammolarini muhokama qiladilar. SQG a’zolari ularni hal qilishning eng samarali vositalari va usullarini ishlab chiqishga intilishadi.
«Men O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining vakiliman, men u yerda direktorman. Bu barcha islomshunoslik, ilmiy markazlar, shu jumladan rus markazlari bilan aloqalarni o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan yangi tashkilot. O‘ylaymanki, istiqbollar juda katta, chunki barchamiz bir xil tizimdanmiz va barchamiz postsovet hududida yashayapmiz va barchada, jumladan dinlar, konfessiyalar, bag‘rikenglik o‘rtasidagi munosabatlar borasida ko‘plab savollar mavjud. Biz almashishimiz kerak bo‘lgan narsa bor, ayniqsa, Rossiyaning musulmon mintaqalari, jumladan, Boshqirdistonning o‘xshash tashkilotlari bilan muhokama qilishimiz kerak ", - dedi markaz direktori,"Rossiya - Islom dunyosi " SQG a’zosi Shoazim Minovarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxti - Toshkentda Boshqirdiston respublikasida tug‘ilgan insonlar juda ko‘p. «Biz doimo do‘st edik va haligacha do‘stlashib kelamiz, biz bir-birimizni juda ham yaqin, xuddi aka-ukalardek hisloblaymiz. Biz allaqachon Boshqirdiston bilan iqtisodiyot sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Madaniy va diniy sohalarga kelsak, albatta ularni rivojlantiramiz. Ufada, Islom universitetida bizning yigitlarimiz tahsil olishmoqda, Boshqirdiston vakillari ham bizda tahsil olishmoqda. Buxoro va undan keyin Toshkent - ular sobiq tuzum davrida ham butun sobiq Sovet Ittifoqi uchun diniy xodimlarni yetkazib berishgan va hozir ham bu narsa davom etmoqda. Biz diniy ta’lim sohasidagi ushbu hamkorlikni davom ettiramiz ", - dedi Minovarov.
Diniy va dunyoviy tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish masalasiga kelsak, Shoazim Minovarovning so‘zlariga ko‘ra, Ufadagi talabalar o‘rta dunyoviy ma’lumotni olishadi va keyin Rossiya Islom Universitetiga o‘qishga kirishadi.
«Bugun men Ufa talabalari bilan gaplashdim, ular faqat Islom ta’limoti va dinni o‘rganish bilan cheklanib qolishayotgani yo‘q. Ular dunyoviy o‘rta ma’lumot olishadi, keyin universitetga kelishadi. Bu to‘g‘ri yo‘nalish, to‘g‘ri tanlov uchun juda yaxshi. Bizda ham xuddi shunday - O‘zbekistonda diniy ta’lim juda qadimgi an’analarga ega. Endi prezidentimiz islohotlarni amalga oshirish, ya’ni o‘rta diniy ta’limdan oliy ta’limgacha yagona zanjir yaratish haqida ko‘rsatma berdi. Ta’lim sohasida Rossiya bilan bo‘lishish uchun arziydigan ko‘p jihatlar bor - biz bu yo‘nalishda harakat qilamiz. Tarixan biz do‘stmiz - qo‘shnimiz. Aloqalar tiklanmoqda: biz barcha yo‘nalishlar bo‘yicha do‘st bo‘lishimiz kerak" - ta’kidladi u.
Forum doirasida mintaqaning investitsion jozibadorligiga bag‘ishlangan yalpi va uchta ishchi uchrashuvlar, ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bundan tashqari, Yevgeniy Primakov nomidagi xalqaro mukofotning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari Rossiyada nashr etilgan ilmiy va diniy asarlarning kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Inson yer yuzidagi eng go‘zal yaratiq hisoblanadi. Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda bunday degan: “Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik” (Tiyn surasi, 4-oyat).
Shunday ekan, nega zamon taraqqiy etgani sayin insonlar bir-birini yetarlicha qadrlamay qo‘ymoqda. Bari inson uchun xizmat qilishga yaratilgan boylik, tilla-temir va boshqa matohlar ba’zan insondan ko‘ra ko‘proq avaylab-asralmoqda. Bir chinni idishni avaylaganchalik bir ko‘ngilni avaylamaydigan nasllar paydo bo‘lyapti...
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari qalamiga mansub “Inson qadri” asarini o‘qir ekanman, shular haqida o‘yladim. Ushbu asar aziz va mukarram qilingan insonning qadr-qimmati bilan bog‘liq muammolar muolajasiga xizmat qiladi. Unda odamiylik fazilatlariga rioya qilish, inson sha’nini yuksaltirish, unga munosib ehtirom ko‘rsatish, yomon xulq va fitnalardan uzoq yurish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi.
Zero, bugun axborot to‘qnashuvi avj olgan, yer yuzining turli nuqtalari bir zumda aloqa bog‘lay oladigan bir paytda insoniyat nizo va mojarolar girdobida qolmoqda. Shunday ekan, hozirgi taraqqiyot davrida odamiylik mezonlariga rioya etish, o‘zaro ahillik muhiti yaratib, saodatli hayot kechirish yo‘lida ushbu asar ham bir mayoq vazifasini o‘taydi, inshoalloh.
“Inson qadri” kitobi har bir vatandoshimizga muborak va manfaatli bo‘lsin!
Akbarshoh Rasulov