Baroqxon madrasasi Toshkentda qurilgan o‘ziga hos me’moriy inshoot hisoblanadi. Madrasa 1531-32 yillarda, ya’ni 16- asrning 2- yarmida bunyod etilgan. Hovlisi atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq bo‘lib, madrasaning g‘arbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq g‘ishtdan ishlangan. Ba’zi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi o‘rnida dastlab 2 ta (katta va kichik) maqbara bo‘lgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Keyinchalik bino madrasaga aylantirilgan. Inshoot bir necha bor zilziladan shikast ko‘rgan. Ko‘p qismlari qayta ta’mirlangan. Sobiq Ittifoq davrida ushbu madrasa O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi binosi bo‘lgan. 2007 yili Baroqxon madrasasi to‘liq ta’mirlandi. Peshtoqlari va gumbazlari qayta bezatildi. Madrasa o‘zining mahobati va bezaklari bilan alohida taasurot qoldiradi. Uning kiraverish peshtoqiga suls xatida Qur’oni Karimning “Oli Imron” surasi 104- oyati bitilgan. Yozuvlar tepasiga esa kufiy xatida “Mulk-Allohniki”, “Boqiylik – Allohga hos” kalimalari takror-takror bitilgan.
Tarjimasi: “Mehribor va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Sizlardan yaxshilikka da’vat etadigan, amri ma’ruf va nahyi munkar ishlarni olib boradigan(bir) ummat bo‘lsin! Aynan ular (oxiratda)najot topguvchilardir”. (“Oli Imron” surasi 104 oyat)
Madrasaning ikki yon tomoni yuqori va quyi qismida kufiy yozuv xatida “Alloh buyuk” kalimasi bitilgan.
Madrasaning ichki hovlisi g‘arbiy peshtoqining o‘ng va chap tomonlariga ham yozuvlar bitilgan.
G‘arbiy peshtoqning o‘ng tomonida suls xatida Qur’oni Karimning “Sho‘ro” surasi 38 oyati yozilgan. Tepasidagi kufiy yozuvda esa “Mulk- Allohniki” kalimasi takrorlanib keladi.
Tarjimasi: “Alloh taolo aytdi: “Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan (muhtojlarga) ehson qilurlar” (“Sho‘ro” surasi 38 oyat)
Peshtoqning chap tomonida esa suls xatida xadis bitilgan hamda kufiyda “Rasullulloh sallolohu alayhi vasallam dedilar” deya ikki marta yozilgan.
Hadis tarjimasi: “Olimlar payg‘ambarlarning vorislari hisoblanadi. Payg‘ambarlar dirhamu dinor (tillayu kumush)ni meros qoldirmadi. Ular ilmni meros qilib qoldirgan, kim uni (ilmni) olsa, ulug‘ nasibaga erishadi” . (Sunan at-Termiziy. 2682 hadis; Sunan Abu Dovud. 3641 hadis)
Madrasa bezaklari va bitiklarini har bir kishini o‘ziga maftun etadi. Ayniqsa bitiklar ma’nosini tushungan kishi ajdodlarimiz qoldirgan hikmatli ilmlarga tan beradi.
Maqola va rasmlar muallifi: Shahzod Shomansurov.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot matbaa ijod uyi bosh direktori Sultonbek Imomnazarovning bobolari Imomnazar otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.
Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.
Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Sultonbek Imomnazarovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi