Rossiyaning Sankt-Peterburg va Shimoli-g‘arbiy mintaqa musulmonlari idorasi tomonidan shahar markaziy jome masjidida Mavlid tadbiri tashkil etildi.
Mavlidda ishtirok etish uchun 1,5 ming nafardan ortiq musulmonlar tashrif buyurishgani qayd etilgan. Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, salovat va nashidlar ijro etilgan. Tadbirda qatnashgan Sankt-Peterburg va Shimoli-g‘arbiy mintaqa musulmonlari idorasi muftiysi Ravil hazrat Pancheyev yig‘ilganlarga murojaat qilib, bunday uchrashuvlarni tashkil etishning muhimligi haqida fikr bildirgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.
Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi