Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
«Burni yerga ishqalansin! Burni yerga ishqalansin! So‘ngra yana burni yerga ishqalansin!
Aytildi: «Kim, yo Rasululloh?»
U zot dedilar: «Kim ota-onasini keksalik paytlarida birlarini yoki har ikkovlarini topsayu, so‘ng jannatga kirmagan bo‘lsa».
Imom Muslim rivoyat qilganlar.
Bu duoibadni Alloh taoloning eng sevikli, eng erka, eng ulug‘ bandasi, eng afzal Payg‘ambari qilyaptilar. Allohning fazli bilan u zot alayhissalomning duolari ijobat bo‘lmay qolmaydi. Shunday ekan, hushyor bo‘laylik!
Imom Ahmad rahimahulloh «Ota-onaga yaxshilik qilish kabira gunohlarga kafforot bo‘ladi» deganlar.
Ota-onamizga yaxshilik qilishimiz bizga olamlar Robbi tomonidan buyurilganini, shuningdek, bu yaxshilik, bu xizmat jannatning kalitlaridan biri hamda gunohlarimizga kafforot ekanini esimizdan chiqarmaylik!
Har birimiz Robbimizning amriga itoat qilib, gunohlarimiz kechirilib, Jannatga kirishni istaymiz.
Alloh taolo bizni ota-onamizga yaxshilik qilishda bardavom bo‘lishimizni nasib etib, dunyo va oxiratda xor bo‘lishimizdan asrasin!
Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
#xabar #ramazon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2026 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.
Yaratgan Robbimiz yurtimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati