Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2025   |   27 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:15
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:05
Xufton
18:21
Bismillah
18 Noyabr, 2025, 27 Jumadul avval, 1447

Katta yo‘l bo‘yida qurilayotgan masjidlar loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda

12.11.2019   3045   2 min.
Katta yo‘l bo‘yida qurilayotgan masjidlar loyihalariga alohida e’tibor qaratilmoqda

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov viloyatning Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq, Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq  tumanlarida qurilish boshlangan va davom etayotgan masjidlarni borib ko‘rdi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida yangidan qurilayotgan 29 ta masjidning 8 tasi mazkur tmunlarda joylashgan. Barcha masjidlarda ish qizg‘in. Qishning qironli kunlarigacha tomlar yopilib, tashqi ta’mir ishlarini imkon qadar yakunlash lozim.

Quyi Chirchiq tumanidagi sakkizburchak shaklida qurilayotgan “Olmazor” masjidi asosiy binosi yuqori qismining metall konstruksiya ishlari yakunlanib, gumbaz o‘rnatilishi arafasida. Ming kishilik sig‘imga ega mazkur xonaqoh o‘zining balandligi va yorug‘lik tizimi bilan alohida ajralib turadi. Gumbazning balandlik shakli taralayotgan tovushni aks-sado yordamida binoning hamma qismiga teng taqsimlanishiga yordam beradi.

Xayrulloh domla Turmatov katta yo‘l yoqalarida qurilayotgan masjidlar va tahoratxonalar loyihalari bilan tanishdi. “Al Iymon”, “Abdujalilbob” masjidlari qayta qurilayotgan bo‘lsa, “Huzayfa” masjidining tahoratxonasi yangidan barpo etilmoqda. 

Bu masjidlar hudud aholisi, qolaversa, yo‘ldan o‘tuvchi ziyoratchilar,  musofirlarga xizmat qiladi. Shuning uchun loyihani puxta o‘ylab, namozxonlarga har tomonlama yuqori shart-sharoitlarni ta’minlashimiz zarur. Issiq suv zahirasi, imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus sharoit va boshqalar.  Zotan yo‘lovchilarga xizmat qilsak, Alloh ishlarimizga baraka ato etadi, dedi bosh imom-xatib. 

Allohning baytini qurishdek savobi ulug‘ ishlarda mehnat qilayotgan, yelib yugurayotgan fidoiy xodimlar, usta hunarmandlar, ishboshilar, homiylar haqqlariga duo qilinib, yangi ibodat uylarini tez orada xalqimizga tuhfa etishlariga tilak bildirildi.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Insonlarning til, millat, irq va din jihatidan xilma-xilligi Allohning hikmati

18.11.2025   1013   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov 

VIDEO