Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Yanvar, 2026   |   14 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:29
Bismillah
03 Yanvar, 2026, 14 Rajab, 1447

«FIQHI AKBAR» KITOBI

05.11.2019   3500   3 min.
«FIQHI AKBAR» KITOBI

(Davomi)

 

U o‘zi yaratgan narsalardan birortasiga o‘xshamas. Unga ham biror narsa o‘xshash emas. O‘zining zotiy va fe’liy sifatlari bilan azaldan bor bo‘lgan va abadiy bor bo‘lur. Zotiy sifatlari – hayot, qudrat, ilm, kalom, eshitish, ko‘rish, iroda. Fe’liy sifatlari – xalq etish, yasash va boshqa shu mazmunga dalolat qiluvchi sifatlar. U o‘zining barcha ism va sifatlari bilan birgalikda doim bo‘lgan va abadiy bo‘lajak. Unga biror ism yoki sifat keyin qo‘shilib qolgan emas.

Shuningdek, U O‘z ilmi bilan olimligicha hamon kelmoqdakim, ilm Uning azaliy sifatidir. Qudrati bilan qodirligicha hamon kelmoqdakim, qudrat Uning azaliy sifatidir. Kalomi bilan gapiruvchi holida kelmoqdakim, kalom Uning azaliy sifatidir. Xalq etishi bilan xoliqligicha hamon kelmoqdakim, xalq etish Uning azaliy sifatidir. Ish qilish (fe’l) bilan ish qiluvchi (foil) holida hamon kelmoqdakim, fe’l Uning azaliy sifatidir. Demak, fe’l egasi – Alloh, fe’l Uning azaliy sifatidir, fe’lning mahsuli – yaratilgan (mahluq), Uning fe’li esa yaratiluvchi emas. Shuningdek, uning barcha sifatlari azaldan paydo qilingan ham, yaratilgan ham emas. Kimki, ularni yaratilgan yoki paydo qilingan desa yoki (so‘ralganda) jim turib qolsa yoxud u to‘g‘rida shak qilsa, u Allohga kofir bo‘lur.

 

2-qism

 

Qur’on – Allohning kalomi. U mus'haflarda bitilgan, qalblarda yodlangan, tillarda o‘qilgan, Muhammad alayhis­salomga nozil qilingandir. Qur’on bilan qilgan talafuzimiz, uni yozgan bitigimiz, uni qilgan qiroatimiz maxluq (yaratilgan)dir, lekin, Qur’on maxluq emasdir.

Qur’ondagi Alloh taoloning Muso va boshqa payg‘ambarlar (alayhimussalom), Fir’avn va Iblis to‘g‘risida zikr etgan qissalarining barchasi Allohning kalomidir. Allohning kalomi g‘ayri maxluq. Muso va boshqa yaralganlarning kalomi maxluqdir. Qur’on esa ularning emas, balki Allohning kalomidir.

Allohning O‘zi Qur’onda xabar berganidek, Muso alayhissalom Allohning kalomini eshitgan. Musoga gapirmay turib ham Alloh taolo mutakkalim (gapiruvchi) edi. Barcha mavjudotni yaratmay turib ham U xoliq (yaratuvchi) edi. Uning mislidek narsa yo‘qdir va U eshituvchi va ko‘ruvchidir.

Alloh taolo Muso (a.s.)ga so‘zlagan paytda azaldan o‘z sifati bo‘lib kelgan kalomi bilan so‘zlagan. Uning barcha sifatlari maxluqotlarning sifatlaridan tubdan farq qiladi, ya’ni U biladi, lekin biz bilgandek emas. Qudrati bizning qudratimizdek emas. Ko‘radi, lekin biz ko‘rgandek emas. Eshitadi, lekin biz eshitgandek emas. Gapiradi, lekin biz gapirgandek emas. Biz til, og‘iz, lab kabi vositalar va harflar bilan gapiramiz. Alloh taolo vositasiz, harflarsiz gapiradi. Harflar maxluq, Allohning kalomi esa, g‘ayri maxluq.

Allohni narsa deb atash mumkin. Lekin o‘zga narsalardek tasavvur qilmaslik sharti bilan. Uni narsa deganda jismsiz, moddasiz, moddaning sifatlarisiz, chegarasiz, akssiz, tengsiz, mislsiz deb bilmoq kerak bo‘ladi.

Qur’onda O‘zi zikr etganidek, Allohning qo‘li, yuzi, nafsi (O‘zi) bor deb bilamiz. Bular Uning sifatlaridan, lekin qanday, qanaqa deyilmas. Hatto qo‘li­qudrati yoki ne’mati ham deb ta’vil etilmas Aks holda uning bir sifatini yo‘qqa chiqarilgan bo‘lur. Bu esa qadariylar va mo‘tazililar so‘zidir. Biz aytamizki, qo‘li o‘ziga xos, kayfiyatsiz sifatdir. Shuningdek, Uning g‘azabi va rizosi ham o‘ziga xos kayfiyatsiz sifatlaridandir.

 

 

(Imom A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhning

“Fiqhi akbar” kitobi)

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

28.12.2025   9348   1 min.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

Shu yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi mutaxassislar uchun tashkil etilgan mehnat qonunchiligi bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlanib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 
 

Zamonaviy boshqaruv tizimida mehnat qonunchiligini mukammal bilish — har bir mutaxassis uchun nafaqat majburiyat, balki xodimlar huquqlarini himoya qilish va adolat mezonlarini ta’minlash garovidir.


 O‘quv dasturi davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 * Mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish;
 * Mehnat kodeksini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash;
 * Ish jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq tizimlashtirish.


Olingan bilim va tajriba Idora faoliyatini yanada shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Barcha sertifikat sohiblariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

«YURIST VA KADR» NTM

 

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+) Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari