Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Namoz saboqlari: Tahoratning farzlari, sunnatlari va uni buzadigan hollar (Audio)

02.11.2019   9174   1 min.
Namoz saboqlari: Tahoratning farzlari, sunnatlari va uni buzadigan hollar (Audio)

 TAHORATNING FARZLARI

 

  1. Yuzni peshonaning sochlar chiqqan joyi­dan iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.
  2. Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.
  3. Boshning to‘rtdan biriga mas'h tortish.
  4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvish.

 

TAHORATNING SUNNATLARI

 

  1. Misvok ishlatish. Og‘izni yuvganda mis­vok ishlatish sunnatdir.
  2. Avval qo‘llarni uch marta yuvish.
  3. Og‘izni va burunni chayish.
  4. Soqol orasini, qo‘l hamda oyoq barmoqlari orasini xilol qilish.
  5. Avval o‘ng, keyin esa chap taraf a’zolarini yuvish.
  6. Yuz, qo‘l va oyoqni uch martadan yuvish.

Tahoratdan so‘ng:

“Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lah va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh deb aytish.

Ma’nosi: “Allohdan boshqa ibodat qilishga haqli iloh yo‘q. Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Uning bandasi va elchisi ekaniga iqrorman”.

“Allohummaj’alniy minat-tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn”.

Ma’nosi: “Yo Alloh, meni tavba qiluvchi va poklanuvchi bandalaringdan qil”.

 

 

TAHORATNI BUZADIGAN HOLLAR

 

  1. Badanning biror joyidan qon yo yiring chiqib, chiqqan joyi atrofiga yoyilishi;
  2. Og‘iz to‘lib qusish;
  3. Ikki yo‘ldan yel yo biror narsa chiqishi;
  4. Milk qonaganda tupuk rangi qizil bo‘lishi;
  5. Hushdan ketish;
  6. Namoz o‘qiyotib yonidagi odam eshitadigan darajada kulish;
  7. Yotib, yonboshlab va ortni yerga tekkizmay suyanib uxlash.

 

Audio
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

07.07.2025   553   1 min.
Piyoda haj qilgan afzalmi yoki ulovdami?

#haj

64-CAVOL:  
Assalomu alaykum. Men piyoda haj qilmoqchiman, shu masalaga dinimizda nima deyiladi?


JAVOB: 

Va alaykum assalom. Piyoda haj qilish to‘g‘risida mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahulloh makruh, deganlar. Chunki piyoda haj qilishda safar mashaqqati odamning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kishi fe’lini tajang qilib qo‘yadi. “Majma’ul anhur” kitobida: “Ulovda haj qilish piyoda haj qilishdan afzaldir va fatvo ham shungadir”, deyiladi. 


Hozirgi kunda vatandoshlarimizning xavfsizligi va qulayligini hisobga olib, faqat uyushgan holda va havo yuli orqali haj safari qilinadi. Har bir hojining xavfsizligi, sog‘ligi va ibodatlarni to‘liq bajarishi maxsus ishchi guruh diqqat-e’tiborida bo‘ladi. 


Demak, yakka tartibda piyoda va avtomobillarda haj safari qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki piyoda safar qilinganda bir nechta xorijiy davlatlar chegaralari kesib o‘tiladi va yo‘lning xavfsizligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 


Hukumatimiz tomonidan barcha qulayliklar yaratilib turganda bir paytda, jonimizni xavfga qo‘yib, piyoda haj qilaman, deyish ma’qul emas. Vallohu a’lam. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
fatvo hay’ati.  @diniysavollar

 

Haj va umra