Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

“Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishga shoshiling!

14.10.2019   3476   1 min.
“Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishga shoshiling!

Ushbu nashrlarni o‘qiganda yurtimiz va dunyo musulmonlari hayoti bilan tanishish barobarida ilm ham o‘rganasiz. Shuningdek, yurtimizdagi eng ko‘p adadda nashr etiladigan “Hidoyat” jurnali va salmoqli adadlarda chop etiluvchi “Mo‘minalar” jurnali va “Islom nuri”  gazetasi sizning hamfikrlaringiz sonini ham orttiradi. Siz ushbu nashrlarda o‘z ijodingiz bilan qatnashish imkoniga ham egasiz. Sizning ijodingiz “Gazetxon ilhomi”, “Maktublarda manzaralar”  va boshqa mavzuga mos ruknlar ostida e’lon qilinadi.

Ushbu nashrlarda e’lon qilingan eng yaxshi materiallar uchun, ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna tashkil qiluvchilar uchun qimmatbaho sovrinlar ham beriladi. Shuningdek, ijodkorlar, imom-xatiblar, imom noiblari va otinoyilar uchun “Ijodiy ishlar tanlovi” ham e’lon qilindi. Bu haqda batafsil “Islom nuri” gazetasining 17-sonida e’lon berildi.

Obuna bo‘ling: gazeta, jurnal o‘qib ilmingizni boyiting va nashriyot sovrinlariga ega bo‘ling!

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Olti haqning biri

07.07.2025   1225   2 min.
Olti haqning biri

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “Musulmonning (boshqa) musulmon zimmasidagi haqqi oltitadir: “Unga ro‘baro‘ kelsang, salom ber, sen (biror narsaga) taklif etsa, uni qabul qil, sendan nasihat so‘rasa, unga nasihat qil, agar aksirib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit ayt, betob bo‘lsa, uni ziyorat qil, vafot etsa, (janozasiga) ergash (ya’ni qatnash)” dedilar” ( Imom Muslim rivoyati). Bu olti haqning biri nasihat berishdir. Agar musulmon boshqa musulmondan nasihat so‘rab kelsa, unga xolis nasihat berishi lozim. Zero, nasihat qilish har bir mo‘min-musulmonning boshqa mo‘min-musulmondagi haqlaridan biridir.

 

Nasihat qilishning quyidagi odoblari bor: 

 

  1. Nasihat so‘rab kelgan kishini ochiq yuz bilan qarshi olish.
  2. Nasihat so‘rab kelgan kishidan hol-ahvol so‘rash.
  3. Nasihat so‘rab kelgan kishining fikrini oxirigacha tinglash.
  4. Nasihat berishni yaxshi niyat bilan boshlash.
  5. Nasihat so‘rab kelgan kishining ko‘ngliga tegmasdan unga chiroyli nasihat qilish.
  6. Nasihat o‘zida dunyo va oxirat manfaatlarini qamrab olishi.
  7. Nasihatda  ishonarli naqliy va aqliy dalillar keltirish.
  8. Kishining xato va kamchiliklari bo‘lsa, yotig‘i bilan tushuntirish;
  9. Nasihatda kishining ijobiy tomonlarini ko‘rsatib o‘tish.
  10. Nasihatning o‘rni va vaqtini topa bilish.
  11. Ko‘pchilik orasida nasihat qilishdan tiyilish.
  12. “Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb yaxshi umid berish.

 

Xulosa qilib aytamizki, har tomonlama yaxshi niyatda, ta’sirchan uslubda, samimiyat bilan qilingan nasihat katta ajr-savoblarga sabab bo‘ladi. U insonlar o‘rtasida yomonlikni mavh qilib, yaxshilikni bardavom bo‘lishi uchun xizmat qiladi. 

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘zbekiston musulmonlar idorasining

Qashqadaryo viloyati vakilligi xodimi