ALLOH TAOLONING SIFATLARI
Alloh taoloning Zotiy sifatlari va Subutiy sifatlari bor.
Zotiy sifatlari:
Vujud (Bordir)
Qidam (Borligining avvali yo‘qdir)
Baqo (Borligining oxiri yo‘q)
Vahdoniyat (Birdir)
Muxolafatun lil-havodis (hech bir maxluqotga o‘xshamaydi)
Qiyom binafsihi (Borligida hech narsaga muhtoj emasdir).
Subutiy sifatlari:
Hayot (doimo tirik)
Ilm (barcha narsani bilish)
Sam’ (hamma narsani eshitish)
Basar (ko‘rish)
Iroda (xohish)
Qudrat (barcha narsaga qodirlik)
Kalom (so‘zlash)
Takvin (butun maxluqotni yaratish).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhammadyunus Ahadxonov,
Chortoq tumani Alixon jome masjidi imom-xatibi