Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Yanvar, 2025   |   1 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:35
Peshin
12:41
Asr
15:56
Shom
17:41
Xufton
18:57
Bismillah
31 Yanvar, 2025, 1 Sha`bon, 1446

Navoiy asarlarida musulmonning sifati

26.08.2019   3381   3 min.
Navoiy asarlarida musulmonning sifati

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari o‘zlarining beqiyos ijodlarida Qur’oni karim oyatlari va ko‘plab hadisi shariflarning ma’nolarini go‘zal va ta’sirli tarzda sharhlab berganlar. Quyida u zotning ijodlaridan ba’zilarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaguncha (komil) mo‘min bo‘la olmaydi”.

Ushbu hadisi sharifni Alisher Navoiy hazratlari shunday sharhladilar:

Mo‘min emasdur ulki iymondin
Ro‘zgorida yuz safo ko‘rgay
Toki qardoshiga ravo ko‘rmas,
Har nakim o‘ziga ravo ko‘rgay.

Bu hadisi sharifni ulamolar Muqaddas dinimizning madori bo‘lgan hadislardan sanaydilar. Chunki, agar jamiyatda har bir shaxs faqat o‘z manfaati uchun yashasa, unday shaxsni boshqa maxluqlardan farqi qolmaydi. E’tibor bering, hayvonlar bir-biri bilan talashib yeydi, insonlar, xususan mo‘minlar bir-birlariga iltifot bilan yeydilar. Bu faqat taom borasida emas, balki mo‘min kishi  hamma vaqt iltifotli, saxiy, bag‘rikeng, qo‘li ochiq, ochiq yuzli va boshqalar dardiga g‘amxo‘r bo‘lishi lozim. Boshqa baytlarida:

Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami

deganlar. Bu ham kishini insonparvarlikka chaqiruvchi, xudbinlikdan qaytaruvchi hikmatli so‘zdir. Shu ondan boshlab qolgan umrimizni ana shunday o‘tkazishga harakat qilaylik. Zero oxirat mukofotlaridan umid qilgan mo‘min kishi xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadi. Elu yurt manfaati yo‘lida qilingan har bir ezgu amal Allohning huzurida ajrsiz qolmaydi. Qur’oni karimda:

“Albatta, Alloh taolo mo‘minlarning ajrlarini zoye qilmaydi” (Oli Imron surasi, 71-oyat) deyilgan.

Shuning uchun ham Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaguncha (komil) mo‘min bo‘la olmaydi”, – deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Komil musulmon qo‘li va tilidan musulmonlar omonlikda bo‘lgan zotdir”, – dedilar.

Ushbu hadisi sharifni Alisher Navoiy hazratlari shunday sharhlaydilar:

Kim  musulmonlig‘ aylasa davo,
Chin emas gar fido qilur jonlar.
Ul musulmon dururki, solimdir,
Tiliyu ilkidin musulmonlar.

Bir kishi musulmonman deb jonini fido qilsa ham, uning da’vosi chin emasdir. Balki tili va qo‘lidan odamlar omonlikda bo‘lgan, ya’ni zarar ko‘rmagan kishi komil musulmondir.

Bu hadisi sharif bilan payg‘ambrimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning eng komili – odamlarga qo‘li va tili bilan manfaat yetkazuvchilari ekanini bayon qilganlar.

Xulosa kilib aytadigan bo‘lsak, islom dini insonni yaxshilik va ezgulikka chorlovchi dindir. Musulmon kishi esa, tili va qo‘li bilan hech kimga ozor bermasligi, balki hammaga yaxshilik qilish bilan komillikka erishar ekan. Alloh taolo hammamizni qo‘limiz va tilimiz bilan faqat yaxshilik qilishga muvaffaq qilsin!

M.G‘aniyev,
Qo‘qon shahar «Zinbardor» masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Birinchi o‘qilgan juma namozi

31.01.2025   1044   1 min.
Birinchi o‘qilgan juma namozi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ t - وَكَانَ يَقُودُ أَبَاهُ بَعْدَ ذِهَابِ بَصَرِهِ - قَالَ: كَانَ أَبِي إِذَا سَمِعَ النِّدَاءَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ تَرَحَّمَ لِأَسْعَدَ بْنِ زُرَارَةَ، فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: لِأَنَّهُ أَوَّلُ مَنْ جَمَّعَ بِنَا فِي هَزْمِ النَّبِيتِ مِنْ حَرَّةِ بَنِي بَيَاضَةَ فِي نَقِيعٍ، يُقَالُ لَهُ نَقِيعُ الْخَضِمَاتِ، قُلْتُ: كَمْ أَنْتُمْ يَوْمَئِذٍ؟ قَالَ: أَرْبَعُونَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ.

Abdurrahmon ibn Ka’b ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Otalarining ko‘zi ojiz bo‘lib qolgach, u kishi yetaklab yurar edilar: «Otam qachon juma kuni azonni eshitsa, As’ad ibn Zurorga rahmat tilar edi. Men bu haqda so‘radim. U kishi: «Chunki u bizga ilk bor Naqiy’ul Xazimot deb nomlanadigan «Naqiy’»da Banu Bayoza Harrasining «Hazmun nabiyt»ida juma o‘qitgan kishidir», – dedi. Men: «O‘sha kuni necha kishi edinglar?» – dedim. U kishi: «Qirqta», – dedilar».

Abu Dovud, Ibn Hibbon, Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: إِنَّ أَوَّلَ جُمُعَةٍ جُمِّعَتْ بَعْدَ جُمُعَةٍ فِي مَسْجِدِ رَسُولِ اللهِ r فِي مَسْجِدِ عَبْدِ الْقَيْسِ بِجُوَاثَى مِنَ الْبَحْرَيْنِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi jumadan keyingi o‘qilgan birinchi juma Bahraynda, Juvosodagi abdulqaysliklar masjididagi edi» (Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilishgan).

«Juma haqidagi oyat va hadislar» kitobidan

Maqolalar