Saytimizda e’lon qilingan “Dollar narxi oshdimi?” sarlavhali maqola haqida turli fikr-mulohazalar bildirildi. Ammo ushbu maqolani o‘qib, undan ko‘zlangan maqsad nima ekanini to‘g‘ri tushungan muxlislarimiz ham bo‘ldi. Quyida ana shu muxlislarga tegishli fikrlarining asliy (skrinshot) va matnli ko‘rinishini taqdim etamiz.
"Dollor narxi oshdimi?"
Bu sarlovxa shunchaki maqolaga o‘quvchining e’tiborini tortishlik uchun qo‘yilgan edi... maqolada umumiy qimmatchilik to‘g‘risida so‘z boradi "dollor" birgina misol tariqasida esga olinadi....
Ammo ... o‘quvchilar muxokamasi o‘zlariga yarasha bo‘ldi.
Istig‘for - Inson gunoxkorligini tan olib Yaratgandan kechirim so‘rashlikdir”
“Nozimjon oka manimcha, maqolani samimiy qabul qilib istig‘for aytishni ko‘paytirgan odam iqtisodiy muammolar garchi jamiyatda umumiy keng tarqalgan bo‘lsada, Allohni yordami ila bu holatni zararlaridan omonda qoladi, aksincha, istig‘for aytishni to‘g‘ri chora deb bilmay, bu ham sabablardan bir sabab ekanini e’tiborga olmagan kishilar ana shu iqtisodiy muammolar asoratida o‘ralashib yuraveradi, endi, dinsiz davlatlarni misol keltirish Allohni ularga bergan istidrojini unutish bo‘ladi, umuman olganda siz yaxshi niyatda yetkazdingiz, kimlardir manfaat oldi, bu choradan qoniqmaganlar mayli o‘zlari boshqacharoq chora izlab ko‘rishsin, natija Allohdan...”
“Moddaga ishongan sababni moddadan boshqa narsada ko‘rmaydi, borliqni yaratganga iymon keltirgan hamma narsani u zotning amri va hikmatiga bog‘laydi”
Alloh taolo maqoladan to‘g‘ri xulosa chiqargan azizlarimizni sog‘-salomat aylab, barchamizning gunohlarimizni mag‘firat etsin!
Shu o‘rinda quyida istig‘forning foydalari, musibat kelganda qanday yo‘l tutishga oid maqolalarning havolalarini berib o‘tamiz. Aziz muxlislarimiz ushbu havolalarga kirib, maqolalardan bahramand bo‘ladilar degan umiddamiz.
“Istig‘forning foydalari” nomli maqola:
https://muxlis.uz/uz/pages/istiforning-fojdalari
Qiyinchilik qaytib kelmasligi uchun:
http://muslim.uz/index.php/maqolalar/item/13095
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Cavol: Sajdai sahv qilish uchun salom berishda bir tomonga salom beriladimi yoki ikki tomongami?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Har ikkisi ham to‘g‘ri. Ya’ni namozxon sajdai sahv qilishda bir tomonga salom bersa ham, ikki tomonga salom bersa ham to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladi. Chunki fuqaholarimiz har ikki holatni sahih — to‘g‘ri deb fatvo berishgan. Ayrim fuqaholar yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi – ikki tomonga salom berishi, imom esa – bir tomonga salom berishi yaxshidir, deganlar. Chunki imom ikki tomonga salom bersa, ergashuvchilarning ba’zisi namoz tugallandi deb o‘ylab namozga zid hatti-harakat sodir etishi mumkin, deyishgan (“Durarul hukkam” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.