Qirg‘iziston ISHID safida turli jinoyatlarni amalga oshirgan fuqarolarining farzandlarini mamlakatga qaytarish ishlarini boshlaydi. Ular reabilitatsiya dasturi doirasida qayta tarbiyalanadi.
Qirg‘iziston razvedkasining juma kungi bayonotida prezident Sooronbay Jeenbekov Suriya va Iroqdagi lagerlarda qolayotgan mamlakat fuqarolarini qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma bergani aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, avvalo bolalar va yoshlar mamlakatga qaytariladi. Ularning yaqinlari esa tergov olib borilganidan keyin olib kelinadi.
Suriya va Iroqda taxminan 500-1000 nafar atrofida Qirg‘iziston fuqarolari bor.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan imom-xatiblar va imom noiblari uchun qiroat darslari yo‘lga qo‘yilgan edi.
Shu munosabat bilan joriy yil 15 dekabr kuni Farg‘ona, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida qiroat darslarining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
"Qur’on va tajvidni o‘rgatish" va Masjidlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan ushbu darslarda Abdulloh qori Haydarov Jizzax viloyatida, Abdusamad qori Mamasoliyev Qashqadaryo viloyatida va Abdulbosit qori Eshqobilov Farg‘ona viloyatida amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati