Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Birovga hamroh bo‘layin deb botil yo‘lda yurma!
Bir o‘zing bo‘lsang ham Haq Yo‘lda yur!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Eslatma
Ayol kishi erining haqqiga ko‘p duo qilib turishi kerak. Zero, u bu duoni ixlos bilan qiladi. Chunki, duosining ijobatidan o‘zi ham bahramand bo‘ladi.
Uydagi masturalarimizga bizning haqqimizga ko‘p duo qilishlarini tayinlab turaylik!
*****
Zarari aniq bo‘lganlarga nisbatan doimiy yaxshi gumonda bo‘lish gohida senga kulfat keltirishi mumkin.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Bechora faqir butun umrini mehnatu mashaqqatda, g‘amgin holda o‘tkazadi. Bir marta kulib yuborganda esa darhol uni suratga olishadi-da, “Molu dunyo baxtni paydo qilmaydi” deb post qo‘yishadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Sening sinishingni kutayotgan, singaningni ko‘rish istagida yurganning yonidan o‘tayotganingda shahdam qadamlar bilan yur!
*****
Esipast va ahmoqlar bilan tortishma. Aks holda ular seni o‘zlarining darajalariga tushirib oladilar-da, keyin ahmoqlik borasidagi tajribalari bilan yutib qo‘yadilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Par to‘shakda uxlaydiganlarning tushlari yerda uxlaydiganlarning tushlaridan go‘zalroq bo‘lmaydi.
Jubron Xalil Jubron
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
BARCHA GUNOHLAR MAG‘FIRAT QILINADI
Hofiz Kamoliddin Damiriy rahimahulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan marfu’ rivoyat qilingan ushbu xabarni keltiradi: "Kim rajab va sha’bon oyida
اَسْتَغْفِرُ اللهَ الْعَظِيْمَ الَّذِى لَااِلَهَ اِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّوْمُ وَاَتُوْبُ اِلَيْهِ تَوْبَةَ عَبْدٍ ظاَلِمٍ لَايَمْلِكُ لِنَفْسِهِ ضَرًّا وَلَانَفْعًا وَلَامَوْتًا وَلَاحَيَاةً وَلَانُشُوْرًا
"Astag‘firullohal a’ziym allaziy laa ilaha illa huval hayyul qayyum va atuubu ilayhi tavbata ’abdin zoolimin laa yamliku linafsihi zorran va laa naf’an va laa mavtan va laa hayaatan va laa nushuuron" duosini yetti marta takrorlasa Alloh taolo ikki vakil qilingan farishtaga uning gunoh sahifalarini o‘chirib yuborishni buyuradi".
Davron NURMUHAMMAD