Bu yilgi haj mavsumida Saudiya Arabistoni hojilarga tuhfa tariqasida 1 million sim-karta va bepul internetdan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Bu haqda Arabnews xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha hojilarga xizmat ko‘rsatish dasturining bir qismi bo‘lib, ularga haj mavsumini xotirjam o‘tkazishlari uchun oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi. Haj mavsumi davomida maxsus guruh ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, chorshanba kuni Diniy idorada fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov tomonidan qabul qilingan fuqarolarning murojaat, arz va takliflariga quloq tutdi.
Qabul chog‘ida ular tomonidan Ramazon oyiga hozirlik, Haj, Qur’on kurslari, imom-xatiblar faoliyati, masjidlar, moddiy yordam singari masalalar bayon etildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va tez orada hal qilish uchun Diniy idora mas’ullariga tegishli vazifalar yuklanib, shu kunning o‘zida ijrosiga kirishildi.
Bu kabi qabullar O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilishi an’anaga aylangan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati