O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 va 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Toshkent islom instituti qoshida faoliyat yuritayotgan “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi 67-davra tinglovchilari bilan o‘quv oldi suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda kurs bo‘limi boshlig‘i Ahmadxon qori Rashidov hamda bo‘lim xodimlari Nurillo Saydullayev va Imron Xolmirzayev ishtirok etdi. Suhbat davomida kursning mazmun-mohiyati, ahamiyati va o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tinglovchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun:
- Qabul: har shanba kuni, soat 09:00–17:00;
- To‘lov: 3 oylik kurs uchun 1 648 000 so‘m;
- Ro‘yxatdan o‘tgan tinglovchilar navbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Manzil:
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy.
https://goo.gl/maps/Ng8xP1yVfJwJvB3e7
Bog‘lanish uchun:
71-227-23-47
Alloh taolo barchamizga Qur’oni karimni to‘g‘ri va chiroyli o‘qishni, uning hikmatlaridan bahramand bo‘lishni nasib etsin!
Oliymahad.uz