Bu yili muborak Ramazon oyida ko‘hna Samarqandda 115 ta masjidda xatmi Qur’on o‘tkazilmoqda. Ularda 129 nafar hofizi Qur’onlar Alloh taoloning Kalomini boshidan oxirigacha o‘qib bermoqdalar. Kuni kecha o‘n besh kunlikka mo‘ljallangan 45 ta masjidda xatmonalar bo‘lib o‘tdi.
Xatmona kechasiga tashrif buyurgan ulamolar, bosh imom-xatiblar jamoatga munavvar suhbatlar qilib bermoqdalar. Chin ixlos bilan Kalomullohga some’ bo‘lgan namozxonlar xatmi Qur’ondan so‘ng qilinadigan duolarning ijobatidan umid qilgan holda, ibodatlarning bekamu ko‘st qabul bo‘lishi, tinchlik-ofiyat, fayzu-baraka va xatolarni mag‘firat etilishini so‘rab duolarda bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?!
Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin, u o‘sib chiqmaydi.
Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi.
Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan.
Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta’lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.
"Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z xilqati (shakli)ni ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan Zotdir" (Toha surasi, 50-oyat).