Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Oktabr, 2025   |   6 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:30
Quyosh
06:50
Peshin
12:12
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:40
Bismillah
28 Oktabr, 2025, 6 Jumadul avval, 1447

Koll-sentr: 15 kunda 5 ming savol-javob qilindi

21.05.2019   3797   1 min.
Koll-sentr: 15 kunda 5 ming savol-javob qilindi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan 2019 yilgi muborak Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning telefon orqali yo‘llangan ro‘za tutish bilan bog‘liq shar’iy masalalariga ulamolarning tunu kun javob berish tizimi joriy etilgan edi.
O‘tgan vaqt mobaynida mo‘min-musulmonlarimizda bunday diniy-ma’rifiy xizmatga juda katta ehtiyoj mavjudligi yaqqol ko‘rindi. Sababi, e’lon qilingan markaz telefon raqamlari bir soniya bo‘lsa-da tin olgani yo‘q. O‘tgan 15 kun ichida ulamolar tomonidan 5 mingdan ziyod savol-javob qilingani fikrimizni yanada quvvatlaydi.
Mo‘min-musulmonlar tunu kun 24 soat davomida (ibodat vaqtlaridan tashqari) o‘zlarining ro‘za tutish bilan bog‘liq shar’iy savollariga javob olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi juda katta qulaylik bo‘ldi.
Koll-sentrning quyidagi telefon raqamlari muntazam ishlab turganini ma’lum qilamiz:
90 9026910;
90 9170580;
93 5752832 (faqat ayol-qizlar uchun, 08:00 dan 18:00 gacha).


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Markaziy Osiyoda ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik”: O‘zbekiston muhim xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

28.10.2025   11   3 min.
“Markaziy Osiyoda ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik”: O‘zbekiston muhim xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur nufuzli xalqaro ma’naviy-ma’rifiy kongressda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tashriflari ham kutilmoqda.


“Markaziy Osiyoda  ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik” mavzusidagi mazkur xalqaro kongress mintaqaning 300 ga yaqin ilm, san’at, ma’rifat, madaniyat vakillari, tadqiqotchilaru olimlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda.


Mazkur xalqaro kongress O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mintaqaning madaniy va tarixiy merosini birlashtirish, boy ma’naviy, madaniy va ilmiy merosga ega hudud sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatish hamda yangi integratsion tashabbuslar uchun zamin, bir so‘z bilan aytganda, yagona madaniy makon sifatida targ‘ib qilish kabi muhim maqsadlar yo‘lidagi muhim qadamdir.


O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida qator vazirlik va tashkilotlarning mas’ullari ishtirokida ushbu nufuzli xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.




Yig‘ilishda mas’ul vazirlik va tashkilotlarning mazkur xalqaro tadbirdagi vazifalari va ularning ijrosini ta’minlash borasidagi majburiyatlari ko‘rib chiqildi.


Kongress qatnashchilari va mehmonlari uchun nufuzli tadbir maqsadiga hamohang madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qator ilmiy mavzularda muhokama yig‘ilishlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.








O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov kongressning ilmiy va ma’naviy ahamiyatini ta’kidlarkan, “Bu forum Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy madaniy ildizlarini yanada yaqinlashtiradi” dedi.


Kongress doirasida yalpi yig‘ilish va bir nechta sho‘ba yig‘ilishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda xalqaro va mahalliy ekspertlar, ilm-fan, madaniyat sohasi vakillari ishtirok etadilar.










Shuningdek, anjuman doirasida ko‘rgazmalar, madaniy dasturlar va ilmiy nashrlar taqdimoti ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Ko‘rgazmalarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mashhur mualliflarning durdona kitoblari, badiiy va hujjatli filmlar namoyishi, rassomlarning fotoko‘rgazmalari kutilyapti.

 

Shuningdek, xalqaro kongressning madaniy tadbirlari doirasida Markaziy Osiy va Ozarbayjon kino kunlari o‘tkazilishi ham rejalashtirgan.

 

Yig‘ilish yakunida barcha idoralardan ushbu belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, xalqaro kongressni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha mas’ul vakillar belgilanib, tadbirni muvofiqlashtiruvchi Maxsus shtab tuzilishi haqida qaror qabul qilindi.

 

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu tadbir nafaqat ijodkorlar va olimlar muloqotini kengaytiradi, balki mintaqaviy madaniy aloqalarni mustahkamlab, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshiradi.

 

https://cisc.uz/ky/news-item/692/ 

O'zbekiston yangiliklari