Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Dekabr, 2025   |   18 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:37
Peshin
12:20
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
09 Dekabr, 2025, 18 Jumadul soni, 1447

Ramazon – taqvo oyi

17.05.2019   44555   3 min.
Ramazon – taqvo oyi

Alloh taolo bandalariga buyurgan va ularni qaytargan amallarda insonlarning dunyo va oxiratdagi saodatli hayotlari kafolatlangan. Ana shunday ibodatlardan biri Ramazon oyida ro‘za tutish hisoblanadi. Ro‘za tutish orqali inson gunohlariga tavba qiladi va ibodat qilish barobarida jamiyatga ham o‘z hissasini qo‘shadi. Ro‘zaning bir qancha foydalari bor. Jumladan:

  1. Ro‘za tutish taqvoga vasila hisoblanadi. Chunki inson Alloh taoloning roziligiga erishishdan umid qilib va ro‘za tutmasa azobga qolishdan qo‘rqib kunduz kunlari halol bo‘lgan amallardan ham tiyiladi. Haloldan tiyilgan kishining haromdan saqlanishi esa turgan gap. Demak, ro‘za Alloh taolo harom qilgan amallardan saqlanishga sabab bo‘ladi. Alloh taolo: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz”, deb marhamat qiladi. “...taqvoli bo‘lsangiz”, iborasi ro‘za tutish hikmatini bayon qilish uchun keltirilgan sabab jumla hisoblanadi. Inson ro‘za tutish orqali gunohlardan saqlanadi. Shahvatini sindiradi va gunohga undovchi omillar zaiflashadi. Ro‘za taqvoga sabab bo‘ladigan eng katta omil hisoblanadi.
  2. Ro‘za tutish orqali shaytonni bo‘ysindiriladi. Shayton zalolat, ig‘vo va shahvatlarga chorlaydi. Inson yeyish va ichishni kamaytirish bilan shahvatlardan tiyiladi. Safiyya roziyallohu anho Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyatlarida: “Shayton insonning qon tomirida yuradi. Ochlik bilan uning yo‘llarini toraytiringlar”, deyilgan.
  3. Ro‘za inson tabiatini bo‘ysundiradi va shahvatini sindiradi. Insonning qorni to‘q bo‘lganida turli xil gunohlarni xohlaydi. Qorni och bo‘lganda esa nafsu havosi xohlagan narsalardan tiyiladi. Hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Ey yigitlar jamoasi, sizlardan kim uylanishga qodir bo‘lsa uylansin. Zero u ko‘zni to‘suvchiroq va farjni saqlovchiroq. Kim unga qodir bo‘lmasa ro‘za tutsin. Chunki ro‘za uning uchun bichilishdir”, dedilar.
  4. Ro‘za tutish insonni kambag‘allarga mehribon va rahmli bo‘lishga undaydi. Chunki ro‘za tutgan inson bir kungina ochlik nimaligini his qilsa doim qorni och yuradiganlar haqida o‘ylaydigan bo‘ladi. Qalbi yumshaydi, faqir-miskinlarga ehson qiladi va ularga rahmli bo‘ladi. Bu bilan Alloh taolo tarafidan ham yuksak ajr-mukofotlarga erishadi.
  5. Ro‘za tutish orqali inson o‘ziga berilgan ne’matga shukr qilishni o‘rganadi. Ro‘za tutish sababli eng katta ne’matlar hisoblanadigan yeyish va ichishdan tiyilish yuzaga keladi. Ne’matlardan ma’lum muddat tiyilish ularning qadrini bilishga sabab bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytganda, bandalar bu amalni ado qilish orqali taqvo va Alloh taolodan qo‘rqish darajasiga yetadi. Natijada Alloh ulardan rozi bo‘lgan va ular ham Allohdan rozi bo‘lgan insonlar jumlasidan bo‘ladilar. Ro‘za o‘z egasini eng yuqori darajalarga ko‘taradi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ro‘za haqida: “Ro‘za saqlaguvchi”, deganlar. Ro‘za gunohlardan saqlaydi, oxirat azobidan saqlaydi, yeb-ichishda chegaradan chiqish oqibatida kelib chiqadigan turli kasalliklardan saqlaydi.

 

Manbalar asosida “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Oybek HOSHIMOV tayyorladi

Boshqa maqolalar

Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

06.12.2025   8559   1 min.
Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyatida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda diniy soha xodimlarining huquqiy savodxonligi, Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ulaga esdalik sovg‘alari hamda Haj va Umraga (guruh rahbari bo‘lib) yo‘llanmalar berildi.

G‘oliblar:
1. Zangiota tumani “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi Izzatillayev Fayzulloh domla Haj;
2. Toshkent tumani “Ayri ota” jome masjidi imom noibi Sultonov Abu Bakr domla Haj;
3. Bo‘stonliq tumani “Mulla Po‘lat ota” jome masjidi imom-xatibi Isomov Nig‘matilla domla Umra;
4. Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom noibi Muydinxonov Sayidmuhammadxon domla Umra yo‘llanmasini (guruh rahbari bo‘lib) qo‘lga kiritdi. 

Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni samimiy qutlaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi Toshkent viloyatida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi