Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Aprel, 2025   |   1 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:23
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:21
Xufton
20:44
Bismillah
29 Aprel, 2025, 1 Zulqa`da, 1446

Otinoyilar yong‘indan jabr chekkanlarga ko‘mak berdi

17.04.2019   3751   2 min.
Otinoyilar yong‘indan jabr chekkanlarga ko‘mak berdi

Xabaringiz bor,  18 mart kuni poytaxtning Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasidagi “Ko‘kcha Darvoza”, “Fuzuliy” va “Omon Muxtorov” ko‘chalarida joylashgan oltita xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan va 65 kishi boshpanasiz qolgan edi. Jami 380 kv.metr maydonda uylarning tom qismilari va ichki jihozlari butunlay yonib ketgan.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar tomonidan xonadon sohiblariga moddiy yordam mablag‘lari yetkazib berilgan edi. Shundan so‘ng, otinoyilar ham talofat yetgan xonadonlarga o‘z imkonlari qadar yordam ko‘rsatishni maqsad qildilar.

“Musibatdan xabardor bo‘lgan hududdagi sahovatli kishilar jabr ko‘rgan xonadon egalariga yordamlarini ayamayaptilar. Bizchi? Axir biz otinoyilar ham bir chetda qarab turishimiz kerak emas. Zero mo‘minalar bir-birlariga aynan musibat onlarida suyanch bo‘lishlari, qo‘llaridan kelgan yordamlarini berishlari dinimiz ko‘rsatmasidir.

 

 

Shuning uchun tuman bosh otinoyilariga biz ham yong‘indan aziyat ko‘rgan xonadonlarga imkonimiz boricha yordam berishimiz kerakligini aytdik. Tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan otinoyilar bir zumda o‘zlari va savobi ulug‘ amalga hissalarini qo‘shish istagida bo‘lgan ko‘plab sahovatli ayollarning yordamlarini olib kelishdi. Hamma topganini  keltirdi. Kimdir naqd pul,  kimdir, oziq-ovqat mahsulotlari, kimdir zaruriy xo‘jalik anjomlari, ko‘rpa-to‘shak va boshqalarni ehson qildi. Yig‘ilgan jami 5.500.00 miqdordagi xayriyalarimizni “Oqlon” mahallasidagi yong‘in sodir bo‘lgan xonadonlarga ko‘mak berish maqsadida tuzilgan maxsus shtab raisiga ko‘pchilik guvohligida topshirdik”, deydi Toshkent shahar bosh otinoyisi Dilbar Otaboyeva.

 

 

Bundan tashqari, Shayxontohur tumani bosh otinoyisi Feruza Sulaymonova boshliq otinoyilar xonadonlar ahlidan muntazam xabar olib, ko‘ngil so‘rab turishibdi.

Albatta, otinoyilarning ayol boshlari bilan ko‘rsatayotgan bu kabi xayriyalari, muruvvat tadbirlari tahsinga loyiqdir. Biz bu bilan yaxshilikni maqtash yoki ko‘z-ko‘z qilish niyatidan yiroqmiz. Amallardagi riyodan Alloh taoloning O‘zi saqlasin. Faqatgina ibrat uchun, boshqalarni ham ezgu amallarga dalolat qilish uchun yetkazdik xolos.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

Boshqa maqolalar

Boy bo‘lish uchun

28.04.2025   2488   1 min.
Boy bo‘lish uchun

Nabiy alayhissalom: "O‘zingiz yaxshi ko‘rgan narsani birovlarga ham ravo ko‘rmas ekansiz, hech biringiz chin mo‘min bo‘la olmaysiz", deganlar. 

Ali roziyallohu anhu aytadilar: "Biz Islomdan oldin boy bo‘lish uchun pulni yig‘ish kerak deb o‘ylar edik. Keyin bilsak, boy bo‘lish uchun uni sarflash (ehson, sadaqa qilish) kerak ekan".