Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Mart, 2026   |   15 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:35
Quyosh
06:53
Peshin
12:40
Asr
16:32
Shom
18:21
Xufton
19:33
Bismillah
04 Mart, 2026, 15 Ramazon, 1447

Xalqaro anjumanda muftiy hazrat ma’ruza qildi

11.04.2019   3576   1 min.
Xalqaro anjumanda muftiy hazrat ma’ruza qildi

Bugun, 11 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Islom va yoshlar: zamonaviy tahdidlar” nomli anjumanda ma’ruza qildilar.
Muftiy hazratlari o‘z ma’ruzalarida musulmon ummatining kelajagi yoshlar tarbiyasiga bog‘liq ekani, ta’lim-tarbiyaga katta ahamiyat qaratgan millatning ertasi faravon bo‘lishi, lekin hozir yoshlar orasida jinoyatchilik keng tarqalayotgani, axloqiy tubanlashish ortib borayotgani va yoshlarning odob-axloq me’yorlaridan uzoqlashishi oqibatida juda xatarli illatlar kelib chiqayotganiga alohida urg‘u qaratdilar.
Ushbu muammolarning tub negizida esa yoshlarning diniy-axloqiy tarbiyadan uzoqligi yotishi, shuning uchun ham, din peshvolari yoshlarni axloqiy qadriyatlar va mustahkam e’tiqod bilan oziqlantirish orqali ularni mana shunday tahdidlar domidan saqlab qolish zarurligini muftiy hazratlari ta’kidladilar.
Shuningdek, muftiy hazratlari Islom hamjamiyati oldida turgan eng katta va dolzarb vazifalardan biri yosh avlodga har tomonlama diniy va dunyoviy bilimlar berish, shu bilan bir qatorda sof Islom axloqi bilan tarbiyalash muhimligini bayon qildilar.
Nur-Sulton shahridagi anjuman davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Zakot berishdan maqsad nima?

02.03.2026   7268   1 min.
Zakot berishdan maqsad nima?

Farz qilingan zakot cho‘ntaklardan olinadigan soliq emas, balki u eng avvalo insonlarga mehr-muruvvat va rahm-shafqat tuyg‘u, shiorlarini singdirish, turli tabaqalar o‘rtasida tanishuv va ulfatlik munosabatlarini mustahkamlashdir. Qur’oni Karimda zakot berishdan maqsad, g‘oya bayon etilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xitoban: "Mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan. Ularning haqqiga duo qil. Albatta, duoying ular uchun taskindir. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir" (Tavba surasi, 103-oyat) deyilgan.

Shuningdek, zakot joriy etilishining eng muhim hikmatlaridan biri, nafsni tubanlik kirligidan tozalash va jamiyatni oliy darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Shayx Muhammad G‘azzoliy rahimahulloh.

Izoh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Zakot — Islomning ko‘prigidir" deganlar. Zakot berish bilan bevalar, yetimlar, nogironlar va muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilinadi. U insonlar o‘rtasida aloqalarni yaxshilab, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi ko‘prik.