Qur'oni karim va sunnati Nabaviya xizmat qilish bo'yicha “al-Burhon” assotsiatsiyasi hamda “Podshoh Abdulaziz fan va texnologiya shahri” markazi hamkorlikda bir qator ekspert va mutaxassislar ishtirokida “Qur'oni karim xizmatida sun'iy intellekt texnologiyalariga sarmoya kiritish” mavzusida seminar o'tkazildi.
Mazkur seminarda sun'iy intellekt vositasida Qur'oni karimni tilovat qilishdagi xatolarni tuzatish loyihasi bo'yicha ko'zlangan maqsadlarga erishish borasidagi tavsiya va natijalar o'rganib chiqildi.
Ma'lumot uchun, “al-Burhon” assotsiatsiyasi hukumatda notijorat sektorni rivojlantirish milliy markazi nazorati ostidagi litsenziyalangan fuqarolik jamiyati hisoblanadi.
O'zbekiston musulmonlari
Matbuot xizmati
— Haj vaqtida ziyoratchilarimiz shaytonga tosh otishadi. Tosh nima uchun otiladi?
— Darhaqiqat, haj vaqtida qilinadigan amallardan biri bu – Minoda shaytonga tosh otishdir. Shayton hamma yerda ham bo‘lishi mumkin. Aynan hajda va ma’lum joylarda shaytonga tosh otish, shayton o‘sha vaqt va joylarda Ibrohim alayhissalomga qutqu solganda u zot uni tosh otib quvganlari uchundir. Bunda shaytonga qarshi kurashning ramzi bordir.
Shaytonga tosh otish, avvalo ichdagi shaytonni toshbo‘ron qilish ila boshlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Shaytonga tosh otish va Safo bilan Marva orasida say’ qilmoq, faqat Allohning zikrini qoim qilmoq uchun amr qilingandir”.
Yana tosh otishdan maqsad, shaytonni yomon ko‘rishdir. Tosh otilar ekan, shayton qalbga vasvasa solganida “A’uzubillahi minashshaytonir rojim” (toshbo‘ron qilingan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rayman) ifodasi bilan bartaraf etish lozim.
Mo‘minlar shaytonning har turli fasodlariga qarshi o‘yg‘oq bo‘lishga harakat qilishi zarur. Haj safari asnosida esa vasvasalarga yengilmaslik, sabr qilish va imtihon ekanini tushunib, haj ibodatini mukammal ado etishdir.
Ustoz Muhammad Ayyub Homidov