Rezolyutsiyada Qur'onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo'ravonlik holatlari ko'paygani qoralandi.
25 iyul' kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yalpi majlisida «Nafrat so'zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag'rikenglikni qo'llab-quvvatlash» rezolyutsiyasi konsensus asosida qabul qilindi. Rezolyutsiya har ikki yilda, an'anaviy ravishda Marokash delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilinadi.
Rezolyutsiya 49 ta davlat tomonidan tayyorlandi. Ular orasida O'zbekiston ham bor.
Rezolyutsiyada Qur'onni tahqirlash holatlari, diniy kamsitish, nafrat va zo'ravonlik holatlari ko'payganidan xavotir bildirilgan. Ularni amalga oshirgan shaxslar kim bo'lishidan qat'i nazar, islomofobiyadan motivatsiya olgani qayd etilgan.
Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi va chorlovi – diniy ramzlar, muqaddas kitoblar, uy-joy, korxonalar, mulk, maktablar, madaniyat markazlari yoki ibodat joylariga qarshi qaratilgan zo'ravonlik harakatlarini, shuningdek, xalqaro huquq me'yorlariga zid ravishda diniy obidalar, diqqatga sazovor joylar va ziyoratgohlarga hujumlarni qoralashdan iborat.
Rezolyutsiya bilan har yili fevral' oyining birinchi haftasini barcha dinlar, konfessiyalar va konfessiyalar o'rtasida uyg'un konfessiyalararo munosabatlar Butunjahon haftaligi deb e'lon qilinishi qo'llab-quvvatlandi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.
Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.
Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".
Homidjon qori ISHMATBЕKOV