Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Sentabr, 2025   |   17 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:37
Quyosh
05:57
Peshin
12:25
Asr
16:51
Shom
18:47
Xufton
20:01
Bismillah
09 Sentabr, 2025, 17 Rabi`ul avval, 1447

Nuriddin domla Xoliqnazarov – Kuyovlarga nasihat

14.02.2019   3367   1 min.
Nuriddin domla Xoliqnazarov – Kuyovlarga nasihat

O‘MI Matbuot xizmati

Videolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘y qilishdan maqsad farzandlarni baxtli ko‘rishmi yoki ajrimlar sonini ko‘paytirish?..

08.09.2025   718   4 min.
To‘y qilishdan maqsad farzandlarni baxtli ko‘rishmi yoki ajrimlar sonini ko‘paytirish?..

Xalqimizda baxtli onlarni oila, qarindosh-urug‘, mahalla, yaqin insonlar davrasida osh berib, tantana qilish qadim zamonlardan qolgan urf-odatdir. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda aksariyat yurtdoshlarimiz to‘ylarni kamtarlik bilan, oilaning real iqtisodiy holatiga mos ravishda o‘tkazish o‘rniga “hech kimdan kam bo‘lmagan holda, kerak bo‘lsa ortig‘i bilan” qabilida nishonlashga harakat qilayotgani achinarlidir.
 

Ushbu noodatiy harakatlar sabablarini aniqlash va tahlil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Ziyolilar vakillari, mahalla faollari tomonidan xalq orasida doimiy ravishda to‘ylar va boshqa kundalik marosimlarni o‘tkazishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik masalalasida olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramay, ushbu an’analar kundan kunga kuchaysa kuchaydiki, aslo pasaygani yo‘q.


- Keyingi paytlarda, nikox to‘ylarida kelinning ota-onasi, aka-ukalari va qarindoshlariga sovg‘a-salomlar berish, kelin tomon esa sep uchun katta sarf-xarajat qilish kabi bo‘lmag‘ur urflar quloch yoymoqda, - deydi mehnat faxriysi Sora Roziqova. - Odatda sepga bir necha to‘plam kiyim, gilam va boshqa mayda maxsulotlar berilardi, ammo bugun uning o‘rniga mebellar to‘plami, kerakli va keraksiz jihoz va kiyim kechaklar, sarpolar yuborilmoqda. Teranroq o‘ylab ko‘rish kerak, kelin bo‘lmishning bor-yo‘g‘i bir kungina kiyadigan libosi uchun qancha pul sarflanyapti.


Mahalla-ko‘yga ko‘z-ko‘z qilib to‘y qilayotgan boyvachchalar, “kattakon”larga ba’zan havas qilib, gohi hasad qilib, ulardan kam bo‘lmaslikka harakat qilayotganlar iqtisodiy inqirozga uchrayapti. Natijada qiyinchiliklarga bardosh berolmayotgan yoshlar orasida ajrashishlar tez-tez uchrab turibdi.


Oilalarimizdagi yana bitta o‘ta muhim voqea bu, shubhasiz, o‘g‘il farzandni sunnat qilish marosimidir. Bu marosim ham tuyga, tantanaga aylanib boryapti. Bu to‘y o‘tkazilgandan so‘ng, aksariyat oilalar yillar davomida qarz girdobida qolib ketmoqda. Uni qutilish uchun kredit olish, ishlash uchun xorijga ketish holatlarining guvohi bo‘lyapmiz. Yetishmovchilik bo‘lgan oilada janjallar kuzatilmasligiga kim kafolat beradi.


- Bunday muammolarga yechim topish istagida ko‘pgina erkaklar oilasini tashlab, xorijga ishlash uchun ketishga majbur bo‘lyapti, - deydi olis qishloqda yashaydigan do‘stim. – Bundan ikki yil avval bir qishloqdoshim farzandlariga sunnat to‘y qildi. To‘ymisan, to‘y bo‘ldi o‘ziyam. Poytaxtdan taniqli artistlar keldi. To‘ydan keyin shu paytgacha yaxshigina yashab kelayotgan bu yosh oilaga ko‘z tegdi. Janjallar chiqa boshladi.  Keyin bilsak, to‘y uchun katta miqdorda qarz olgan ekan. Yashash sharoiti borgan sari og‘irlashib borayotgan ekan. Oila boshlig‘i buning yechimi ishlash uchun xorijga ketish, deb bildi. To‘g‘ri, uning ketishi muammoga yechim bo‘ldi. Pul jo‘natdi. Qarzlaridan qutildi. Uyni ta’mirladi. Endigina Vatanga qaytaman deb turganida, oila bekasi eriga xiyonat qilishda ayblandi. Bu qay darajada haqiqat bilmadimu, bir oila parokanda bo‘ldi. Sunnat to‘yi bo‘lgan va shu to‘yda biri bankir, ikkinchisi shifokor bo‘lish orzusini mikrofon orqali baralla aytgan jajji bolalar endigina maktabga borib, istagini amalga oshirish uchun o‘qishga kirishgandi. Afsuski, ular onasiga qo‘shilib, shashti so‘ngan holda uydan quvildi. Ta’mirlangan uy esa erning ham, xotinning ham nomida bo‘lmaganligi uchun ular bu yerda qololmadi.


Har qanday targ‘ibot tadbirlariga qaramasdan davom etib kelayotgan marosimlarga juda ko‘p miqdorda pul sarflanishi, nafaqat oila, balki butun jamiyatning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 


Xolbek KO‘BAYEV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

viloyat bo‘limi rahbari.

Maqolalar