Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447

Dubay shahrida BAAdan mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalari muhokama qilindi

24.07.2023   904   2 min.
Dubay shahrida BAAdan mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko'paytirish masalalari muhokama qilindi

Dubay shahridagi O'zbekiston Bosh konsulxonasida Amirliklarda faoliyat yurituvchi “SYSTEM HOLIDAYS” LLC sayyohlik shirkati mudiri Ravshan Zakirov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlarni targ'ib etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Hiva kabi ko'hna shaharlarda sayohatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, respublikamizning boy madaniy va ma'naviy merosi to'g'risida ma'lumotlar berish, o'zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analarini keng targ'ib etish, ommalashtirish va mamlakatimizga xorijlik sayyohlar oqimini ko'paytirish bilan izohlanadi.

Uchrashuv davomida xorijiy sayyohlarga yanada ko'proq  qulaylik yaratish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbussi bilan Samarqand viloyatida yiliga 2 million sayyohga xizmat ko'rsatuvchi ko'p tarmoqli «Buyuk ipak yo'li» xalqaro turizm markazi barpo etilgani va uning tarkibidagi «Boqiy shahar» majmuasi, Kongress xoll, 8 ta zamonaviy besh yulduzli mehmonxona, amfiteatr va ko'plab boshqa ob'ektlarga e'tibor qaratildi. Samarqand xalqaro aeroportining qayta ta'mirlanishi va «Ochiq osmon» rejimi yo'lga qo'yilishi natijasida xorijiy davlatlardan sayyohlar oqimini oshirishga imkoniyat yaratilgani aytib o'tildi.

Shu bilan birga, “SYSTEM HOLIDAYS” LLC sayyohlik shirkati mudiri bilan O'zbekistonga sayyohlar oqimini yanada ko'paytirish va ularning talablaridan kelib chiqib, yangi turizm xizmatlarini o'z ichiga olgan maxsus turpaketlar ishlab chiqish bo'yicha fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida “SYSTEM HOLIDAYS” sayyohlik shirkati bilan O'zbekistonning tarixiy shaharlariga sayyohlarni jalb etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati


Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Salovat aytganning darajasi

08.07.2025   2376   1 min.
Salovat aytganning darajasi

Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.  
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati).  Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:

اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد


Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad


Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!” 

Ruhiddin Akbarov,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi

Ibratli hikoyalar