Joriy yilning 12-19 iyul' kunlari Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O'zbekistonga infotur tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Jidda shahridagi Bosh konsulxonamizdan ma'lum qilishlaricha, O'zbekistondagi “Real Dreams” turkompaniyasi orqali tashkil etilgan ushbu ijodiy safar doirasida saudiyalik jurnalist va blogerlar Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishganlar. Shuningdek, Saudiya OAV vakillari 17-18 iyul' kunlari poytaxtimizda o'tkazilgan turizm ko'rgazmasida ham ishtirok etishgan.
Infotur doirasida “Swift News” elektron nashrida va “Snapchat” ijtimoiy tarmog'ida O'zbekistonning gastronomik va ziyorat turizmi sohalaridagi imkoniyatlariga bag'ishlangan qiziqarli maqolalar va videoroliklar joylashtirildi.
“Arab taomlari va ot go'shti bilan mashhur bo'lgan o'zbek restorani” sarlavhali maqolada saudiyalik gazetxonlar e'tiboriga O'zbekistonning pazandachilik san'ati to'g'risida hikoya qilinadi.
Samarqandda 2000 yillarda tashkil etilgan “Ibrohim Bek restorani”ning o'ziga xos jihati sifatida uning barcha toifadagi xo'randalar uchun mazali hamyonbop taomlar taklif qilishi aytiladi.
“Restoranda oilaviy o'tirish xonalari bilan birga, ochiq havoda joylashgan so'lim bog'li go'shalar ham mavjud. To'lovni o'zbek so'mida naqd yoki “Visa card” orqali amalga oshirish mumkin”, deb yozadi “Swift News” nashri muxbiri.
Navbatdagi maqola “Halqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida joriy yilning 17 iyul' kuni O'zbekiston turistik agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent “UzExpo” markazida tashkil etilgan “Ziyorat turizm” ko'rgazmasiga bag'ishlangan.
Ta'kidlanishicha, ushbu ko'rgazmada Saudiya Arabistoni Podshohligi va boshqa arab davlatlaridan 100 nafardan ortiq yirik sayyohlik kompaniyalari, aviakompaniyalar va mehmonxonalar vakillari ishtirok etishgan. Mazkur ko'rgazma Saudiya Arabistoni kompaniyalari uchun umra ziyorati bo'yicha O'zbekiston kompaniyalarga o'z xizmatlarini ko'rsatish uchun qulay maydon ekanligi urg'ulangan.
“Swift News” elektron nashri mavzuni davom ettirib, “O'zbekiston turistik agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan “UzExpo” markazida tashkil etilgan “Ziyorat turizm” ko'rgazmasini O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi rahbariyati vakili ochib berganini ma'lum qilgan.
Shuningdek, “Saudi Vision 2030” dasturi hamda haj mavsumida “Podshoh mehmonlari” dasturi ijrosini ta'minlash doirasida Podshohlik tegishli chora-tadbirlarni faol amalga oshirayotgani, xususan, “umra” masumida ziyoratchilar sonini 2030 yilga borib 100 millionga etkazishni maqsad qilgani ta'kidlangan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kuni Umar roziyallohu anhu masjidga chiqdilar, u yerda Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida yig‘lab turgan holda ko‘rdilar.
Umar raziyallohu anhu undan: "Ey Muoz, nima uchun yig‘layapsan?" deb so‘radilar.
Shunda Muoz roziyallohu anhu javob berdilar: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan bir hadis tufayli yig‘layapman. U zot alayhissalom aytgan edilar: "Riyoning ozginasi ham shirkdir. Kimki Allohning do‘stlariga dushmanlik qilsa, bilib qo‘ysinki, u Allohga qarshi urush ochibdi. Albatta, Alloh taolo abror, taqvodor, o‘zini pinhon tutadigan bandalarni yaxshi ko‘radi. Ular shunday kishilarki, yo‘qliklarida, hech kim ularni axtarmaydi, hozir bo‘lganlarida ham hech kim ularni tanimaydi. Ularning qalblari hidoyat chirog‘laridir. Ular har qanday qorong‘u va g‘uborlik holatdan yo‘l topib chiqa oladilar".
Homidjon qori ISHMATBЕKOV