Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Yodingizda tuting, azizligingiz Islomga amal qilishingizdadir. Sizlarga nusrat Alloh taologa qurbat hosil qilganingizda keladi. Birorta xatoni kichik sanamanglar! Dushmanga ishonmanglar!
Sulton Abdulhamid II rahimahullohning vasiyatidan
*****
Hech qachon ilm olayotgan kishidan qo‘rqmadim. Ammo ba’zi kitoblarni o‘qib olib, o‘zlarini olim deb hisoblaydigan anavi ahmoqlardan yiroq yuraman.
Sulton Abdulhamid II rahimahulloh
*****
Kuchli – boshqaning ustidan hukm qilgan kimsa.
Buyuk – o‘z nafsining ustidan hukm qilgan kishi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Insonlarning qandayligini musofirlikda yoki musibat kelgan paytda bilasan.
Abdurrohman Muniyf
*****
“Meni falonchi yubordi” degan so‘z 10 yillik tajriba va 5 ta diplomga teng bo‘lib qoldi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ko‘p dushmanlarga yo‘liqdim. Lekin ularning ichidagi eng yomoni o‘zlarini mening do‘stim ekanini da’vo qiluvchilardir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Og‘riq qoldiruvchi vositalar – ko‘p yurish va insonni xursand qiladigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishdir.
Abu Ali ibn Sino
*****
Chin muhabbat – sobit turganidir.
Ketadigan muhabbat muhabbat emas.
O‘zgaradigan muhabbat muhabbat emas.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ibodat qilinadigan biror kun zulhijjaning o‘n kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro‘zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir" (Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati).