Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Rossiyada o‘tkaziladigan Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashadi

17.10.2018   3435   1 min.
Rossiyada o‘tkaziladigan Qur’on musobaqasida vakilimiz qatnashadi

Bugun, 17 oktyabr kuni “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018” Respublika bosqichi 18-25 yoshlilar o‘rtasidagi hifz yo‘nalishi 1-o‘rin sohibi, Andijon shahridagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti talabasi Muhammadiso qori Mahmudov shu yilning 18-21 oktyabr kunlari Qur’oni karimni tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida o‘tkaziladigan XIX Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur musobaqaning tashkilotchisi Rossiya musulmonlari diniy idorasi va Rossiya muftiylari kengashidir. Musobaqaning final bosqichida butun dunyodan 30 nafardan ortiq qorilar ishtirok etadi.

Shu yilning 21 oktyabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida Qur’on bayrami o‘tkaziladi. Bayram tadbirida XIX xalqaro Qur’oni karim musobaqasining final bosqichi bo‘lishi aytilmoqda. Bu haqda Islam-today nashri xabar berdi. Shuningdek Qur’on bayrami mehmonlari turli ijodiy jamoalar chiqishlarini, mahorat darslarini, ko‘rgazmalarni, trening va bolalar shaharchalarini tomosha qilishlari mumkin bo‘lishi qayd etilgan.

Xalqaro aloqalar bo‘limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Yangiyer shahrida o‘tkazildi

26.02.2025   3455   1 min.
Namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Yangiyer shahrida o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati  vakili Habibulloh domla Zokirov boshchiligida namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Yangiyer shahrida o‘tkazildi.

“Muhammad Bobur” masjidida vakillik xodimlari, tuman shahar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblar jamlanishdi.

 

Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 2 ta masjid va 12 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Sirdaryo viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Yangiyer shahrida o‘tkazildi Namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Yangiyer shahrida o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari