Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2025   |   5 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2025, 5 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar – 4

29.09.2018   4247   1 min.
Nishonga urilgan gaplar – 4

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

  • Agar bir bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan.

Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

  • «Pul hamma ishni qiladi» degan gapga ishonadigan odam pul uchun hamma ishni qiladi.

Franklin

Faqirning holidan ibrat olaylik! 

Unga biroz yegulik, taom bo‘lsa bo‘ldi. Orzusi shu.

Siz esa...

“Ozroq qo‘shib, galaksi 8 olsammikin!”

“Falon joyda zo‘r turetsskiy restoran ochilibdi. Bugun o‘sha yerga borsakchi!”

Xohish-istaklaringizning oxiri ko‘rinmaydi-ya, do‘stim! 

Ko‘z buyuk ne’mat

  • Yetishmovchilikdan shikoyat qilayotgan do‘stim! Ko‘zingizni yumib o‘n qadam yurib ko‘ring! Shunda Alloh taolo sizga qanday bebaho ne’matlar berganini his qilib, Unga shukr qilishga urinasiz! 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

4.01.2025   11002   2 min.
Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

HAROM OYLARDA RO‘ZA TUT!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, deb uch barmoqlarini bukib ochib ko‘rsatdilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

HADIS SHARHI

Ulamolar hadisni bunday sharhlaydilar: “Ushbu harom oy (ashhurul hurum)larda ro‘za tutishga da’vat etadi va uch kun ro‘za tutib, uch kun qoldirishga ishora qiladi. Rajab oyi ham harom oylardan biri hisoblanadi”.

 

HAROM OYLARI TO‘RTTADIR

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir” (Tavba surasi, 36-oyat).

 

BU OYDA RASULULLOH QANDAY RO‘ZA TUTARDILAR?

Usmon ibn Hakim roziyallohu anhu aytadi: “Said ibn Zubayrdan rajab oyida turganimizda bu oy ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik, deyayotganini eshitganman” dedi.

 

RAJAB OYIDA RO‘ZA TUTUVCHILARGA QASR QURILADI

Abu Qiloba roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida ro‘za tutuvchilar uchun jannatda bir qasr bor”.

 

BIR KUNLIK RO‘ZANING MUKOFOTI

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir banda Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, o‘sha kungi ro‘zasi sababli Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

 

SAHARLIK-IFTORLIK VAQTI

06 yanvar – dushanba

Saharlik vaqti (og‘iz yopish): 06:24
Iftorlik vaqti: (og‘iz ochish) 17:12

 

QANDAY NIYAT QILINADI?

Niyati: Xolis Alloh uchun rajab oyining ro‘zasini tutishni niyat qildim.

 

Davron NURMUHAMMAD