Sayt test holatida ishlamoqda!
24 May, 2025   |   26 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:18
Quyosh
04:57
Peshin
12:25
Asr
17:29
Shom
19:46
Xufton
21:19
Bismillah
24 May, 2025, 26 Zulqa`da, 1446

Nishonga urilgan gaplar – 2

24.09.2018   6044   1 min.
Nishonga urilgan gaplar – 2

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan so‘zlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

  • Hayotingiz torayib, yashashingiz qiyinlashib boryaptimi? Insonlarga yordam bering. Alloh xohlasa, natijasini ko‘rasiz!

 

  • Yuzsizlik, axloqsizlik yoyilgan sari odob e’tiborni jalb qiladigan bo‘lib boradi.

«Tarix muxrlagan so‘zlar»

 

Onasini uyiga olib kelgan o‘g‘ilning javobi

- Onang sizlarning uyingizda yashayaptilarmi?

- Yo‘q, biz onamnikida yashayapmiz.

  • Alloh taolo O‘ziga qurbat hosil qilayotgan va O‘z huzurida martabasi yuksalayotgan bandalariga ko‘p sinovlarni yuboradi. Zero, tog‘larga ham qor-yomg‘ir ko‘p yog‘adi.
  • Siz hozir yashayotgan hayotni orzu qiladiganlar bor. Shuning uchun qanoatli bo‘ling va shukr qiling!
  • Ikki narsa hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiradi:
  1. Bemorlik.
  2. Musofirlik.

Jubron Xalil Jubron

 

Davomi bor...

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yobeda Nigeriyaning 36 shtatidan hofizlar ishtirok etgan Milliy Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi

22.05.2025   3412   1 min.
Yobeda Nigeriyaning 36 shtatidan hofizlar ishtirok etgan Milliy Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Milliy Qur’on tadbirida mamlakatning 36 shtati va federal poytaxt hududidan hofizlar bellashdi. Ijrochi kotib, Yobe Davlat arab va islom ta’limi kengashi Malam Umar Abu Bakrning aytishicha, tadbir Muhammad jamg‘armasining Afrika ulamolari uchun Nigeriya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan va Yobe shtati hukumati tomonidan o‘tkazilgan.
 

Bir kun davom etgan musobaqa ishtirokchilarni Varshda Qur’onni to‘liq yodlashga jalb qildi. Tanlovning eng yaxshi g‘olibi Nigeriyani Marokashda bo‘lib o‘tadigan Afrika miqyosidagi grand finalda taqdim etadi.


Mahalliy tashkiliy qo‘mita kotibi, professor Adam Mustafa Jatkaviyning so‘zlariga ko‘ra, tanlov Nigeriya va Afrikadagi musulmon yoshlarni Muqaddas Kitobni o‘rganishga undashga qaratilgan. 

Quran.uz

 

O'zbekiston yangiliklari