Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyul, 2025   |   11 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
06 Iyul, 2025, 11 Muharram, 1447

O‘zbekistonda Internetdagi saytlardan foydalanishni cheklash tartibi belgilandi

06.09.2018   7269   3 min.
O‘zbekistonda Internetdagi saytlardan foydalanishni cheklash tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
 
Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
 
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomga ko‘ra Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan butunjahon Internet tarmog‘idagi axborot resurslari reyestri yuritiladi. Ushbu Reyestrga kiritilgan axborot resurslaridan foydalanish cheklanadi.
 
Internetdagi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash uch bosqichda amalga oshiriladi.
 
Birinchi bosqichda, taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan resurslarni aniqlanadi. Ushbu bosqichdagi harakatlar Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan amalga oshiriladi. Markazga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan tartibda kelib tushgan murojaatlar ham monitoring olib borishga asos bo‘ladi.
 
Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz bu bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
 
Ikkinchi bosqichda axborot resursi Reyestrga kiritiladi. Reyestrga kiritish uchun Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasining qarori asos bo‘ladi.
 
Uchinchi bosqichda vakolatli organ - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet tarmog‘idagi axborot resurslarini cheklash bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
 
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan veb-saytda va (yoki) veb-sayt sahifasida quyidagi axborotlarni tarqatish, ushbu resursni cheklanishiga olib keladi:
 
• O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;
 
• urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;
 
• davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
 
• milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;
 
• giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
 
• pornografiyani targ‘ib qilish.
 
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger veb-saytga va (yoki) veb-sayt sahifasiga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.
 

 

O‘zA
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

04.07.2025   3615   1 min.
“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;

- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;

- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;

- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;

- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;

- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;

- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;

- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;

- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;

- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!

Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi

imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA